Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ortiqcha vazn tufayli maftunkorligini yo‘qotgan mashhur ayollar
Shou-biznes vakillarining qomati o‘zgarishi va sezilarli darajada vazn to‘plashining boisi turlicha. Kimdir oilaviy muammolar sabab, kimdir farzand dunyoga keltirganidan keyin avvalgidek ko‘rinishga ega bo‘la olmagan.
Britni Spirs

Britni hayotidagi voqea-hodisalar uning nafaqat psixologiyasi, balki tashqi ko‘rinishiga ham ta’sir qilmay qolmagan. Xonanda tez-tez ruhiy davolash shifoxonasiga tashrif buyurib turadi va bu bejizga emas. Bir necha yillar avval psixotrop dorilarga o‘rganib qolgani va otasi bilan o‘rtasidagi munosabatlar sabab ijodkor shifokorlardan najot izlaydi.

Bu kabi muammolar Britnining ortiqcha vazn to‘plashi va o‘z yoshiga nisbatan ancha katta ko‘rinishiga sabab bo‘lgan. Biroq Spirs avvalgidek ko‘rinishga ega bo‘lmagan taqdirda ham, o‘z ustida ishlayotgani va bunda unga yigiti trener Sem Asgari yordam berayotganini ijtimoiy tarmoqlardagi fotolaridan bilish mumkin.
Merayya Keri

Bir necha yil avval Merayyaning birdaniga to‘lishib ketgani muxlislarni hayron qoldirgan va kimdir uni homilador deb gumon qilsa, boshqalar unga zudlik bilan parhez tutishni maslahat bergandi. Aslida avval ham unchalik nozik bo‘lmagan Kerining vazni u vaqtda 120 kg bo‘lgan.

2017-yilda Las-Vegasdagi konsertlardan birida chiqish qilgan Kerining ko‘rinishi muxlislarini hayratga solgan. Tinib-tinchimas quvnoq xonanda sifatida ma’lum bo‘lgan Merayyaning ortiqcha qimirlay olmasligi va kulminatsiya vaqtida ikki raqqos qiyinchilik bilan uni ko‘targani hammani lol qoldirgan. Shundan keyin uning ijtimoiy sahifasiga ko‘plab izohlar yozib qoldirilgan va ijodkor ularni inobatga olgan holda ozishga qaror qilgan. Bugun Merayya tanqidlar nishonida qolib ketganidan ancha ozg‘in va bu natijaga erishishi uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgan.
Nelli Furtado

Nellining muxlislari uning ijodi gullab-yashnagan vaqtda qomati chiroyli bo‘lganini yaxshi bo‘ladi. So‘nggi vaqtlarda vazn to‘plagani esa xonandani unchalik tashvishga solmaydi va u sahnada avvalgidek sakrab raqs tushishdan charchamaydi.

Uning birdaniga semirib ketishi sababini ayrimlar 2017-yilda turmush o‘rtog‘i Demassio bilan ajrashishi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Ashaddiy muxlislari esa xonandaning tezroq o‘zini qo‘lga olib, avvalgi holiga qaytishiga umid bildiradi.
Jessika Simpson

Jessika birinchi farzandini dunyoga keltirganidan keyin ancha vaqtgacha kilolar bilan kurashishiga to‘g‘ri kelgan, lekin ikkinchi va uchinchi marta homiladorligi vaqti va bolalarni dunyoga keltirganidan keyin ham qayta-qayta vazn tashlashiga to‘g‘ri kelgan.
Simpson uch marotaba 22 kg yaqin vazn tashlashiga to‘g‘ri kelgan ammo tug‘ishidan avvalgi holatga qayta olmagan. Shunga qaramay, u ayollarni homiladorlikdan keyin o‘z tanasini sevish va sevimli taomdan bosh tortmaslikka chaqiradi.
Kemeron Diaz

Kemeron so‘nggi vaqtlarda suratga tushishdan bosh tortib, ko‘p vaqtini oilasi bilan o‘tkazishga bag‘ishlaydi. Paparatsiya nishonidan qocholmagan aktrisaning suratlariga qarab, uning avvalgidan to‘lishgani ma’lum bo‘lgan va bu farzandli bo‘lish uchun gormonal davolanishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak, degan taxminlarga sababchi bo‘lgan. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Kemeronning barcha urinishlari besamar bo‘lmagan, chunki 2020-yil yanvarda uzoq kutilgan farzand dunyoga kelgan.
Kili Shey Smit

30 yil avval qaddi-qomati go‘zal, maftunkor bo‘lgan Kili, aktyor Pirs Brosnan bilan tanishgan. Hozirgi vaqtda ham maftunkorlik uni tark etmagan, lekin ikki farzandni dunyoga keltirganidan keyin u sezilarli darajada ko‘p vazn to‘plagan. Ammo bu Kilini ham, uning turmush o‘rtog‘ini ham tashvishga solmaydi. Aktyor rafiqasining mingtadan bitta ekani, uni uchratganidan baxtliligi va noziklik inson uchun eng muhim narsa emasligini ta’kidlaydi. Ortiqcha kilolar Kilining o‘ziga bo‘lgan bahosi va turmush o‘rtog‘ining sevgi hamda sadoqatiga ta’sir qila olmaydi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 16560 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Maftunkor, mashhur ayollar, yo‘qotgan, Ortiqcha vazn, tufayli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное