Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Qiziqarli

Otamning ruhi ikki marta asrab qoldi




“Mashinaning old oynasini sindirib, uchib chiqib, erga urildim”

Bu voqeani menga sanatoriyada davolanayotganimda xonadosh ayol gapirib bergandi.

Tibbiyot xodimi bo`lganim uchunmi, qayta tirilish, ruhning tanadan tanaga ko`chib yurishi kabi voqealarga ishonmasdim. Bu narsalarni odamlarning o`zi o`ylab topgan cho`pchak deb hisoblardim. Ammo boshimga tushgan falokat barcha tasavvurlarimning oyog`ini osmondan qildi. Turmush qurganimizdan keyin bu dunyoda erim ikkalamizdan baxtli odam yo`q edi. Bizning baxtimizga hech kim raxna sololmaydigandek, irodamizni buka olmaydigandek tuyular, muhabbat bizga bitmas tuganmas kuch-qudrat ato etgandi. 14 dekabr, to`yimiz bo`lgan kunni nishonlash uchun erim bilan kafega yo`l oldik. Erim rulga, men esa uning yoniga o`tirdim. Yo`ldagi chorrahalardan birida tezlikda kelayotgan mashina to`g`ri bizning ustimizga uchib kelayotganini ko`rgan erim, tormozni bosishga ulgurmadi va biz katta tezlikda kelayotgan mashinaga urildik. Mashinaning old oynasini sindirib uchib chiqqanim yodimda, erga urildim, ammo og`riqni his qilmadim. Ko`zimni bazo`r ochib, asfaltda yotganimni ko`rdim. Oradan bir necha soniya o`tgach, men tomonga yugurib kelayotgan otamga ko`zim tushdi. Otam bu erda nima qilib yuribdi, deb o`yladim. Shu payt ularning bundan bir necha yillar muqaddam vafot etgani esimga tushdi, u meni qo`limdan tortib qaergadir sudrardi. Avtofalokatga uchragan bo`lsam, nega hech qaerimga hech nima qilmagan deb o`yladim, otamning ortidan ergashib ketar ekanman. Shu payt otamning erimni qutqarish haqidagi gaplari xayolimni to`zg`itib yubordi. Biz otam bilan birga ag`darilib yotgan mashina oldiga yugurib bordik. Birgalikda mashina ichidan behush yotgan erimni tortib oldik, uni oyoqqa turg`izib, mashinadan bir necha metr nariga olib o`tdik.

Otam erim ikkalamizni yo`l chetida qoldirdi.

– Buyog`iga o`zim ketaman, sizlarga mumkin emas, – dedi u bizdan uzoqlashar ekan. Men dod-faryod qilib, ketmasligini, biz bilan qolishini iltimos qilib, yig`lashga tushdim. Ammo u menga quloq solmay, yo`lida davom etdi...

Ko`zimni ochganimda kasalxonada yotardim. Ko`rganlarimning hammasini tush deb o`yladim. Biror soatlardan keyin erim qo`shni palatada yotganligini, avtofalokatdan keyin mashina portlab ketganini, erim ikkalamizni mashinadan uzoqda, yo`l chetidan topishganini bilib oldim. Ammo eng dahshatli voqeani keyin eshitdim. Men homilador bo`lgan ekanman, homilam nobud bo`libdi. Tuxumdonlarimdan birida paydo bo`lgan o`simta yorilib ketganligi sababli, shifokorlar meni omon saqlash maqsadida tuxumdonlardan birini va bachadon naychasini olib tashlashibdi. Endi ona bo`lolmasam kerak deb, o`lib ketmaganim uchun achchiq ko`z yosh to`kdim.

Kasalxonadan chiqqanimizdan keyin erim ham, men ham kamgap, odamovi bo`lib qolgandik. Endi uyimizda avvalgi kulgi ovozlari yangramasdi. Bunday ahvolda yashash menga og`irlik qildi. Erimga ajrashishni, farzand ko`rish uchun boshqa ayolga uylanishni aytdim. Men uchun yashashdan ma`no qolmagandi. Ammo erim meni eshitishni ham istamadi, u ham tushkunlikka tushib qolganidan hali tug`ilmay nobud bo`lgan go`dagimiz ortidan ketishni taklif qildi. Ertasi kuni mashinaga o`tirib, go`yoki shahar aylanayotgan odam bo`lib, mashinani urish uchun qulay bo`lgan beton ustunlarni izlay boshladik. Shunday joyni topib, uyga qaytdik. Dasturxon tuzab, so`nggi bora ovqatlandik, chiroyli kiyimlarimizni kiyib, tunda yo`lga tushdik. Suiqasd uyushtirishni mo`ljallagan joyimizga etishimizga bir necha metr qolganda, orqadan kuchli yorug`lik tushdi. Erim qo`rqib ketganidan, tormozni bosib, orqaga o`girildi. Men ham ortimga o`girilib, otamni ko`rdim. U bizga vaziyatdan chiqish uchun tanlagan yo`limiz noto`g`riligini tushuntira boshladi. Agar bizga biror kor-hol bo`ladigan bo`lsa, onalarimiz bu dardni ko`tara olmasligini, ular ham bizning ortimizdan ketib qolishi mumkinligini aytib, uyga qaytishimizni buyurdi. Atrof yanada yorug`lashib ketgandan ko`zimizni mahkam yumib oldik, ochganimizda erim ikkimizdan boshqa hech kim yo`q edi. Qo`rqqanimizdan yana qancha vaqt mashinada o`tirganimizni bilmadik, tong yorishay deganda uyga qaytdik. Bu voqeadan keyin erim bilan bola asrab olishga, topgan-tutganimizni etimxonalarga xayriya qilishga qaror qildik…

Shundan keyin etimxonadan qiz chaqaloq boqib oldik. Hayotimiz iziga tusha boshladi. Kunlardan bir kun ko`nglim aynib, o`zimni behol his qildim. Erim meni kasalxonaga olib bordi. Tekshiruvlardan keyin ikki oylik homilam borligini eshitib, boshimiz ko`kka etdi. Vrachlar buni haqiqiy mo``jiza deb atashdi. 14 dekabr, to`yimiz bo`lgan kuni o`g`ilchali bo`ldik. Ilk bora unga nazar tashlaganimda, uning ko`zlarida otamni ko`rdim...


Категория: Qiziqarli
Просмотров: 4463 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hikoya, ruh, Otam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное