Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

«Singlim va erim... xiyonatga chidolmayapman!»




 Birinchi bor turmush qurib og`zim kuygan. Erim bilan chiqisholmay, ota uyimga qaytgandim. Qizim bor, hozir kap-katta bo`lib qoldi. Qaytib kelgan paytlarimda dunyo ko`ziga qorng`u ko`rinardi, mana shunday og`ir damlarda kichik singlim dalda bo`lib, jonimga oro kirgan. Shu-shu oramizdan qil o`tmaydigan dugonadek edik. Aksiga olib, uning ham turmushi bo`lmay, ajrashishga majbur bo`ldi. Bu orada menga sovchilar kela boshladi. Bir bor og`zi kuygan odam qatiqni ham puflab ichadi deyishganicha bor ekan. Ikkinchi marta turmush qurish oldidan uzoq o`ylandim. Qarorim qizimning tarbiyasiga yomon ta`sir qilishidan qo`rqardim. Umr esa to`xtamay o`tib boraverar ekan. Yaqinlarimning roziligi bilan ustachilik qiladigan bir inson bilan oila qurdim. Ro`zg`or og`irliklari mening bo`ynimda edi. Oilam tinch bo`lsin, yaqinlarim hech narsaga zoriqmasin deb kunu tun tinim bilmay harakat qilaverib, erimning egri qadamlarini sezmay qolibman. Taqdir hazilini qarangki, o`sha yaxshi ko`rgan, sirdosh singlim o`z pochchasining jazmani ekan. Ularning xiyonatiga guvoh bo`lganimga ham bir oydan oshdi. Bo`lgan voqealar hech ko`z o`ngimdan ketmayapti, sira hazm qila olmayapman! Erim-ku mayli, etti yot begona, ammo o`z jigarimning nima sababdan bunday tubanlikka qo`l urganiga aqlim etmayapti. Xayolimda faqat shu savol aylanaveradi. Agar uning o`rnida dugonam yoki begona ayol bo`lganida ham chidashim, kechirishim mumkin edi... Endi qanday ko`zimga qaraydi, uni qanday jigarim deyman? Erim kechirim so`rab oldimga keldi, qizim bu gaplardan xabar topmasin deb, xiyonatkor bilan bir tom ostida yashayapmiz. O`zimdan o`tganini o`zim bilayapman, bu turishda yo kasal bo`lib qolaman, yo ich-etimni eb bitiraman. Singlim esa tinmay qo`ng`iroq qiladi, ammo unga javob berishni istamayman. Endi nima qilishga boshim qotib qoldi, maslahat bering.

Ismi sir tutildi

 

Qaynonajon: — Ona qizim, hayot turli murakkabliklardan iborat. Mana shu muammolarni echish, qiyinchiliklardan ustun kelish uchun sabr, chidam va kechirimlilik zarur bo`ladi. Eshitganim bor, vafot etgan opaning bolalariga begona ayol o`gaylik qilmasin uchun singlisini uzatishgan. Ammo nomi o`chgur xiyonatning bu turini endi eshitdim. Kechirish qiyin, unutish osonmas. Lekin har qanday og`ir dardning davosi vaqt bo`lgani uchun kunlar va yillar o`zingizga iroda, qalbingizga shifo olib kelishini tilab qolamiz. Jon qizim, bardam bo`ling. Singilni kechirishga kuch topa olsangiz, eng kuchli insonsiz. Kechirolmasangiz, dard va alam ichingizda qolib ketadi. Bu voqealar bilmaganlar uchun sir bo`lib qolaversin. Qizingizni yaxshi tarbiyalang, bor mehr va e`tiboringizni unga bag`ishlang. Hayot shunday beayov o`z izmida davom etaveradi. Ha, yashash kerak, yashaganda ham odamlar orasida baxtini topgan ayol bo`lib yashash lozim. Aslida, siz emas, o`sha iflos ishga, xiyonatga qo`l urganlar boshini egib yursin. Uyat ularga, sharmadayi-sharmisorlik! Insonlar birovning baxtiga changal solmasdan o`z baxtini izlasa bo`lmaydimi axir?! Bu hayotda halol yashash kerak, birovning toleiga chang solish katta gunoh. 

 

Shahnoza Xalilova, ruhshunos: — Chindan ham og`ir vaziyat. Ikki tomonlama xiyonatga duch kelgan insonning dardini tushunish, dalda berish ham mushkul. Birinchi turmushingizdan ajrashganingiz, ikkinchisining ham qil ustida turgani insonlarga, ayniqsa, erkaklarga nisbatan ishonchingizni so`ndirgan. Singlingiz haqida-ku biror so`z aytishga ojizman. Biroq hozir munosabatlarga oydinlik kiritadigan, sababu oqibatlarni aniqlashtiradigan vaqt emas. Birinchi galdagi vazifangiz ichki alamlardan va og`riqlardan xalos bo`lish. Ruhiy quvvatingiz tiklanganidan keyin boshqa muammolarning echimi o`z-o`zidan kela boshlaydi. Agar ichki alamlaringizga bas kelishga qiynalayotgan bo`lsangiz, malakali mutaxassis yordamiga murojaat qilishingiz mumkin.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 14212 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Xiyonat, singlim va erim, Hikoya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Davronmanutd1992 malades
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное