Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Pazanda - Im Loving You
. Qirolicha - Stakan Version
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ayol Qalbi - True Love
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Otani norozi qilgan o‘g‘il


Fazl ibn Yahyo Barmakiyning ko‘kragida kichkinagina oq dog‘ paydo bo‘lib, u bundan qattiq qayg‘uga tushdi. Birov sezib kolmasin, deb hammomga ham kechasi boradigan bo‘ldi. Bir kuni xodimlarini yig‘ib: “Shu kunlarda Iroq, Xuroson, Shom va Forsda eng kuchli tabib kim?” -deb so‘radi. Xodimlar: “Fors Josaliq!” - deb javob berishdi.

U Forsga odam yuborib, hakim Josaliqni Sherozdan Bag‘dodga olib keldi. So‘ng hakim bilan pinhona suhbatlashib, uni sinab ko‘rish maqsadida: “Oyog‘im nimagadir zaiflashib boryapti, muolaja qilib ko‘rsang!” -dedi. Hakim Josaliq unga: “Sutli ovqatlar va achchiq narsalardan parhez qilasan, bir yoshli tovuq go‘shtini no‘xat sho‘rva qilib ichasan, halvo yeysan, tovuq tuxumining sarig‘ini asalga iylab, undan ham tanovul qilasan. Mazkur ovqatlannsh tartibini yo‘lga qo‘yganingdan keyin men muolajani boshlayman!” - dedi. Fazl: “Ho‘p, aytganlaringni qilaman”, - dedi.

Biroq Fazl o‘sha kuni kechqurun o‘z odati bo‘yicha hamma ovqatlardan yeyaverdi. Quyuq, zirabo ovqati tayyorlashgan edi, undan ham tanovul qildi. Uzum murabbosi, dorivor moddalar solingan loviyali ovqatdan ham o‘zini tiymadi.

Ertasi kuni Josaliq kelib, uning peshobini olishga buyurdi. Peshobga nazar solgach, qovog‘ini solib: “Men seni davolay olmayman, senga achchiq va sutli ovqatlar yeyishni man kilgan edim, sen esa zirabo ichibsan, mentaqiqlagan ovqatlardan ham parhez qilmabsan, senga dori muvofik, kelmaydi!” - dedi.

Fazl bu ulug‘ kishining oqil va fozilligini bildi, unga ofarinlar aytib, o‘zining haqiqiy dardi haqida yorilib, dedi: “Men seni mana shu masala xususida chaqirtirgan edim, u aytganim va yeganlarimning hammasi imtihon uchun edi!”

Shunday qilib, Josaliq uni davolashga kirishdi va ilmu tajribasidan kelib chiqib, barcha muolajani qildi. Oradan ancha vaqt o‘tsa-da, hech kanday o‘zgarish bo‘lmadi. Hokim: “Nega bunaqa bo‘lyapti!” - deb jig‘ibiyron bo‘la boshladi.

Bir kuni u shunday dedi: “Ey ulug‘ hukmdor! Men davo uchun lozim choralarning hammasini amalga oshirdim, ammo ta’siri sezilmayapti. Nahotki, sen otangni norizo qilgan bo‘lsang?! Agar shunday bo‘lsa, uni rozi qil, shundagina seni bu darddan qutqara olaman!”

Fazl ibn Yahyo qattiq ahd bilan otasining huzuriga bordi va o‘zini uning oyog‘iga tashlab, kechirim so‘radi. Otasi uni kechirdi.

Shundan keyin Josaliqning muolajalari ta’sir qilib, illat asta-sekin tuzala boshladi va oradan ko‘p vaqt o‘tmay, butunlay yuqolib ketdi.

Shundan so‘ng Fazl ibn Yahyo tabibdan: “Otamning mendan norizoligi bu illatning sababi ekanini qanday bilding?” - deb so‘radi. Josaliq: “Men qanday usul bilan davolamay, foydasi bo‘lmagach, duoyi badga qolganingni tushundim”. Atrofingda sendan norozi odamni ko‘rmadim, odamlar ehsoning bilan osuda yashamoqdalar. Ammo keyinroq otang bilan sening orangda dushmanlik borligi va otang sendan norozi ekanini bilgach, davoning foydasizligini tushundim.

Shundan so‘ng Fazl ibn Yahyo Josaliqni katta in’omlari bilan Forsga jo‘natib yubordi.

BIR YuZUBIRINChI DARRA

Bir ota va o‘g‘ilni bir hokim qoshiga darra urib jazolash uchun keltirdilar. Avval otani yotqizib yuz darra urdilar. U indamadi. Undan so‘ng o‘g‘lini yotqizib bir darra urgan edilarki, ota dodu faryod qila boshladi. Hokim dedi:

— Sen yuz darra yeganda ovozingni chiqarmading, o‘g‘lingga bir darra urganda nechun nola kilasan?

Ota dedi:

— Tanamga tekkan darralarga chidab turgandim. Jigarim azoblanishiga chiday olmadim.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4159 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ota, norozi qilgan o‘g‘il
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное