Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Tushlarimga kiring otajon”... Uzoq kutilgan klip premerasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning ijodiga befarq bo‘lmagan tinglovchining o‘zi bo‘lmasa kerak. Mazmunli taronalari, iste’dodi, shirali ovozi bilan ko‘pchilikning qalbidan o‘rin egallagan bu xonanda ketma-ket yangi qo‘shiqlar yaratishdan, ularni halqqa manzur qilishdan aslo charchamaydi. Deyarli har bir yaratgan taronasi xit paradlarning yuqori cho‘qqilarini egallaydigan san’atkor uchun bu omadmikin yoki baxt...
Sardor bir necha oy oldintaniqli san’atkor Daler Nazarov ijodidan  foydalangan holda u insondan shaxsan ruhsat olib shu qo‘shiqni qayta jonlantirishni niyat qildi va matn ustida shoir Bobur Bobomurod bilan birga ishladi. Musiqaga Ahmad Hojimatov yangicha sayqal berib va nihoyat bu tarona o‘zbek tilida “Tushlarimga kiring Otajon” deya nomlandi. Mazkur tarona efir orqali birinchi marotaba jarang sochganida tinglovchilar uni zo‘r olqishlar bilan kutib oldilar. To‘g‘risini aytganda qo‘shiq kimnidir yig‘latdi, kimnidir hotiralarini yodga soldi va kimgadir yana bir bora shukur aytishini eslatib qo‘ydi...
Mana bugun esa bir necha kunlardan beriInstagram ijtimoiy tarmoqlarida hammaning qiziqishini oshirayotgan mazkur tarona uchun videomahsulot tayyor bo‘lganini va uni birinchilardan bo‘lib saytimiz orqali premera etayotganimizni ma’lum qilamiz.
Aytib o‘tish joiz videoklipga Sanjar Matkarimov rejissyorlik qilgan, Narimon Sultonho‘jaev esa operatorlik vazifasini bajargan.
Sardor Rahimxonning ijodidagi, uning uchun juda qadrli bo‘lgan “Tushlarimga kiring Otajon” taronasiga ishlangan videomahsulotni tomosha qiling va fikr mulohazalaringizni bildiring.

KLIPNI KO'CHIRIB OLISH


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4218 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Tushlarimga kiring otajon, ota, Sardor Rahimxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
nelly96 Oxirgi paytla bachkana bob ketvotii
Like | 0
sabinAA SARDOR MANGA UMUMAN YOQMAYDI. Shuning uchun klipini olmayman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное