Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qirolicha - Stakan Version
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Pazanda - Im Loving You
. Soundtreck-Великолепный Век
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Oybek va Nigoraning visol oqshomidan to‘liq reportaj

Oybek va Nigoraning to‘yi turli saytlarda istalgancha talqin qilindi. Eng to‘g‘ri axborot va eksklyuziv suratlar esa faqat bizda.
   Avval xabar berganimizdek, 21 noyabr kuni poytaxtdagi “Versal” restoranida “Nihol” mukofoti sovrindorilari Oybek va Nigoraning visol oqshomlari bo‘lib o‘tdi. O‘sha kunning o‘zidyoq to‘ydan onlayn reportajni e’tiboringizga havola etgan edik. Kutilgan to‘y marosimida qalampir.uz sayti bosh axborot hamkori sifatida ishtirok etib, uni yoritib bordi.

   Xonandalar Oybek va Nigoraning to‘yi ayni kunlarda turli gazeta va jurnallar, internet saytlari tomonidan istalgancha talqin qilinyapti. Ularning aksariyati to‘yda ishtirok etmagani va ko‘rmay turib tahminlarga tayanib yoki bizning ma’lumotlarni yashirincha o‘g‘irlab axborot tarqatgani achinarli holat. Shuning uchun to‘ydan eng sara suratlar va to‘liq reportajni e’tiboringizga havola etishni ma’qul ko‘rdik.
 
   Shu kuni Oybek va Nigoraning taklifi bilan kelinning dugonalari binafsha rang libosda, kuyov jo‘ralar esa shu rangdagi “babochka”da restoranda saf tortishdi. Kelin bilan kuyovni O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov “Kelibdi” taronasi bilan qarshi oldi. So‘ng ikki yoshning san’atdagi faoliyatini ancha yillardan buyon kuzatib borishi va ularni hurmat qilishini aytib, mehmonlarni davraga taklif qildi.

   To‘yni boshlovchilar Davron Kabulov, Ravshan Hakimov, Nilufar Sotiboldiyeva, Rayhon Ulasenova va Oyxon Iforzodalar olib borishdi. Navbat O‘zbekiston xalq artistlariZulayho Boyxonovaga berilganda sozandalar qatorida turgan Abduhoshim Ismoilov nomidan ham hofizaning o‘zi tabrikladi.

“Dardlarimni ko‘tara olmay,
Halinchak ham uzilmasin.
Qizlar sevmay rozi bo‘lmang,
Baxt uyi hech buzilmasin”, Zulayho Boyxonova kelin-kuyov qarshisida aynan shunday deb kuyladi.

   O‘zbekona lutf va sharq ayollariga xos madaniyat ila to‘yxonaga kirib kelgan O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva Oybek va Nigorani valsga taklif qildi. Shu kuni kelin-kuyov nafaqat Nasiba Abdullayevaning, balki, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rashid Xoliqov, Tohir Sodiqov, Mavluda Asalxo‘jayeva va “Kvartet” guruhining qo‘shiqlariga ham raqsga tushishdi. 

   O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov, Rayhon G‘aniyeva, Mavluda Asalxo‘jayeva, xonanda Shahzoda to‘yga kelib qo‘shiq kuylashdiyu mehmonlar qatoridan joy olishmadi. “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura esa to‘yning boshidan oxirigacha mehmon bo‘lib, davradan chiqmadi. Darvoqe, xonanda Manzuraning hamkasblari Rayhon G‘aniyev va Munisa Rizayeva bilan munosabatlari buzilgan edi. Xonanda bu haqda juda ko‘p gapirgan. To‘yda esa buni sezdirmadi. Rayhon kuylaydimi yoki Munisa, bitta qo‘shiqni ham begona qilmay raqsga tushdi.

   O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon esa to‘yxonaga tashrif buyurdiyu kelin-kuyovni tabriklashga ham ulgurmay ostonadan ortiga qaytdi. Ma’lum bo‘lishicha, Rahimxonga qo‘shiq aytishga navbat tegmagan. Shundan so‘ng dasturxon atrofida o‘tirishni ham lozim topmabdi.  

   Ustoz ijodkorlar  O‘zbekiston xalq artistlari Mirza Azizov, Muqaddas Xoliqova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulchehra Su’dullayeva, Saida Rametova, Ra’no Yarasheva, Xosiyat Husanova, Tojibar Azizovalar davraga fayz qo‘shishdi. Yosh aktrisalar Muqaddas Sa’dullayeva va Shahzoda Muhammedova bir-biridan ajralishmadi.

   O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda do‘stlarining visol oqshomida turmush o‘rtog‘i Eldor bilan xizmatda bo‘ldi. Kuni kecha ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lgan xonanda Madina Mumtoz to‘yga bor yo‘g‘i yarim soatga keldi. Uning turmush o‘rtog‘i Murod Chustiyga esa kuyovjo‘ralik vazifasi yuklatilgan edi.

   Xonanda Shahnoz to‘y tugay deganda keldi. Ammo bu davrada uning qo‘shiqlarini sog‘inganlar talaygina ekan. Oybek va Nigoraning o‘zidan tortib, qarindoshlari, hatto ayrim xonandalar ham Shahnozning qo‘shiqlarini jo‘r bo‘lib kuylashdi. Kelin-kuyovni “Kelibdi” bilan Furrux Zokirov  kutib olgan bo‘lsa, xonanda Farrux Ahmedov “Yor-yor” aytib kuzatdi.

   To‘y Oybekning xonadonida davom etdi. Kelin va kuyovni san’atkor do‘stlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulova, “Nihol” mukofoti sovrindori Umidaxon, xonandalar Farrux Ahmedov va Tohir Usmonov “Yor-yor” aytib kutib olishdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva esa “Kelin salom” marosimini o‘tkazdi.
 
   To‘y ikki yoshning o‘zlari kabi juda chiroyli o‘tdi. Yangi oila vakillarini qalampir.uz sayti jamoasi nomidan muborakbod etib, oilaviy baxt va xotirjamlik tilab qolamiz. To‘ydan eng sara suratlarni esa saytning galereya bo‘limida tomosha qilishingiz mumkin.
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 17666 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Oybek va Nigora to‘yi, Oybek va Nigora
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Casio Man oybek va nigorani d6st db oylardm lekn ular turmuw quriwdi. bir-birlariga mos juda ciroyli juftlik b6liwibdi. baxtli b6liwsn
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное