Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ozodbek “Ichiqora” raqiblarini “sizga gap yo‘q!” Deya yengadi!

Yillar davomida bu shaxsda kashf etgan jihatim shu bo‘ldiki, u haddan ziyod hokisor.
Uyalmasdan ochiqchasiga tosh otayotgan hamkasblariga jahl qilmaydi. Balki, ichidan o‘tganini o‘zi bilar, biroq, zohirida ko‘rsatmaydi. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq darkor degan naqlga obdon amal qilsa kerak-da! Jaholat bilan kim nimaga erishgan? Boshiga balo orttirishdan bo‘lak yana nima? Ma’rifatli insonlar andishali bo‘ladi. Andishani otini qo‘rqoqqa chiqarganlar, aslida bosh miyasining yarmi ishlamaydigan insonlarga qiyos.
Buncha egarga yopishib oldingiz? Egaringiz tagidagi ot allaqachon sizni tashlab ketgan. “Chupachups”ga aldanib qolgan bola, shu dumaloq boshli shirinlik dastasini ushlab turgani kabi, egarning tushmug‘iga mahkam yopishishga nima bor? Egaringiz otsiz! Egar esa yerda. Siz allaqachon yuqoridan uloqtirilgansiz degim keladi gohida, ayrim erib oqib ketgan shamga o‘xshash mashhurligini hanuz olovi bo‘lsa kerak degan ilinjda termulib turgan, kibr tojini kiygan mashhur va mashhuralarga!
Ozodbekni ideal shaxs sifatida ta’riflash fikridan yiroqman. Har birimiz kabi uning ham kamchiliklari yetarli. Biroq, uning kamtarligi – olijanobligidir! Uning soddaligi – eng sevimli yulduzligini ko‘rsatadi! Uning gapirayotganda yetmish o‘lchab, yetti marta “randa”lab, bir kesishi – komilligidan dalolat!
Jonli ijroda konsertini tugatib, yana muxlislariga murojaat etyapti: “Kamchiliklar bo‘lsa uzr! Konsertimdan rozi bo‘lib ketinglar!”. Bunday muxlisparvarlik bugungi kunda faqat Ozodbekka xos! Yaxshiyamki, o‘zbek san’atida karvonboshilik shunday buyuk qalb egasi, kamtar san’atkorga nasib etdi! Yaxshiyamki, o‘zidan haqiqatparvar inson yasab olgan, aslida qalbida zaharli ilon yashayotgan, ayrim shallaqi san’atkorlarni esa taqdirning o‘zi bir chetga surib qo‘ydi...  
Jasur HAMROYEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3207 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ozodbek Nazarbekov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Gavhar4949 Rossa zur buldi konserti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное