Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ozodbek Nazarbekov 2017 yilda konsert bermasligi sabablariga oydinlik kiritildi




O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017 yilgi mavsumda konsert bermaslikka qaror qildi.

Mazkur qarorga Ozodbek Nazarbekovning matbuot kotibi oydinlik kiritdi, deb yozadi Daryo.uz nashri.

«Nazarbekov so`nggi yillarda taqdim etgan konsertlarining barchasida yuz foiz jonli ijroda kuyladi, kuchli bosim bilan mehnat qildi. Bu esa o`z ta`sirini ko`rsatdi, unda ham ruhiy, ham jismoniy tomondan toliqishlar bo`ldi».

Qayd etish kerak, Ozodbek Nazarbekov «O`zbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan tashkil etilgan «Mavsum xitlari» konsert dasturida qatnasha olmadi, ikki kundan so`ng esa Turkmanistondagi konsertda qatnashdi.

«‘Mavsum xitlari’ taqdirlash marosimida istmasi ko`tarilib ketgani uchun ishtirok eta olmadi. Biroq Turkmanistondagi konsertga borishi oldindan belgilab qo`yilgani uchun, betob bo`lishiga qaramay uni o`tkazib qaytdi», — deb vaziyatga tushuntirish bergan qo`shiqchining matbuot kotibi.

Dilbahor Xudoyberdievaning ta`kidlashicha, Ozodbek Nazarbekov konsert berishdan tanaffus qilgan bo`lsa-da, ijod qilishdan to`xtamagan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5459 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ozodbek Nazarbekov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
NuR_KR Bir taraflama yaxshi bbdi
Like | 0
NuR_KR Ha endi 10 20 kunlab konsert vawwe yomonu bechora studentlani ayab ketasan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное