Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ozodbek Nazarbekovning konserti kunlari keskin qisqardi

20-25 kun qaerdayu 11 kun qaerda. U bu yil 10 apreldan 20 aprelga qadar “Istiqlol” san’at saroyida “Mehring sabab” nomli konsert dasturini taqdim etadi.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan konserti kunlari aniq bo‘ldi. Xonanda bu yil konsert kunlarini keskin kamaytirdi. 20-25 kun qaerdayu 11 kun qaerda. U bu yil 10 apreldan 20 aprelga qadar “Istiqlol” san’at saroyida “Mehring sabab” nomli konsert dasturini taqdim etadi. Qiziq, xonandaning konsert kunlarini bu tarzda kamaytirishining boisi nima? Yo har yili qariyb bir oy konsert beravergan Nazarbekovning o‘zi ham oxir bor zerikdimi? Balki uning o‘tgan yilgi konsert dasturiga talab u qadar katta bo‘lmagandir, shundan kelib chiqib xonanda konsert kunlarini kamaytirgandir. Yoki har yilgidek bir necha kun o‘tgach “muxlislar talab va istaklarini inobatga olgan holda” konsert kunlariga yana uzaytirilar... Yana kim biladi deysiz?

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov har yilning aprel oyida Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etishi mana 11 yildirki odat tusiga kirgan. 2005 yilda 2 kundan konsert dasturlari so‘nggi yillarga kelib 15-20 kunni tashkil etayotgan edi. Kuniga ikki mahal qo‘yilgan seanslar natijasida Nazarbekovning bir oyda taqdim etgan konsertlari soni qariyb 30 taga yetgan paytlar ham bo‘ldi. Ta’bir joiz bo‘lsa, Nazarbekov O‘zbekiston san’ati tarixida eng ko‘p konsert bergan xonanda sifatida rekord o‘rnatdi. Uning konsertiga chiptalar qo‘lma-qo‘l bo‘lib sotildi. Chipta olaman deb navbat talashganlar-u murodiga yetmay ortiga qaytganlar juda ko‘p topiladi. O‘tgan yillarda “Istiqlol” san’at saroyi kassalarida  fuqarolik pasporti talab qilingan holda, har bir kishiga 4 tadan ortiq chipta sotmaslik ham yo‘lga qo‘yilgan edi. Bundan maqsad chayqovchilarning “qora bozor”iga nuqta qo‘yish edi.

Ko‘ramiz, xonanda 11 kun deb e’lon qilgan konsert kunlarini bu yil ham ko‘paytirarmiki? 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5377 | Рейтинг: 1| Рейтинг: konsert, Ozodbek Nazarbekov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное