Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nazarbekovning konsertida barchani yig‘latgan qo‘shiq matni kimga tegishli?

Ozodbek Nazarbekovning “Ardog‘imdasiz”  nomli konsert dasturining ikkinchi kunida tahririyatimiz bilan mehmonda bo‘lgan edik. Konsert kulminatsiyasi bo‘lgan “Aytib beraman” nomli qo‘shiq barchaning ko‘ziga yosh to‘ldirib, olqishlarga sazovor bo‘lganiga guvoh bo‘ldik. O‘sha kundan buyon ijtimoiy saytlarda “qo‘shiq matni kimniki” deya qizg‘in bahs ketmoqda. Tortishuvlar oxiri shunga borib yetdiki, hattoki Nazarbekovning o‘zi aynan shu mavzuga bag‘ishlab 18 aprel kuni  matbuot anjumani  o‘tkazdi. 

Bahsga oydinlik kiritish maqsadida tomonlardan biri - Baxriddin Asror bilan bog‘landik.

Baxriddin Asror: “Plagiat tamg‘asini ko‘tara olmayman”

Men bu mavzudagi she’rni bundan bir yil muqaddam ya’ni 2014 yil 5 fevral kuni yozganman. Shundan so‘ng she’rimni Ravshan Jo‘raev bir yil mobaynida tadbirlarda, bayramlarda aytib yurdi. Bu she’rni yozganimni barcha tanishlarimiz yaxshi bilardi. Nazarbekovning konserti boshlangach hamma menga sms yozib «tabriklaymiz she’ringizni Ozodbek qo‘shiq qilib aytibdi, juda ajoyib, yurakni o‘rtaguvchi qo‘shiq chiqibdi” deb  telefon qila boshlashdi.  Ochig‘i xursand bo‘ldim, ammo bir ikki kun o‘tgach, “u she’r seniki emas, Botir Ergashevniki ekan” deb mendan xafa bo‘lishdi. Men hozir kimnidir plagiatlikda ayblamoqchi emasman ammo yaqinlarim, meni taniganlar meni ko‘chirmachiga chiqarishlarini  ko‘tara olmayman.

Baxriddin Asror she’ri

Urush nima, o‘q nima bilmagan edim
Hali besh yoshimgayam to‘lmagan edim
 Yangi o‘yinchog‘imga to‘ymagan edim
 Barchasini xudoga aytib beraman!
 Vaxshiylik, qotillik barchasi gunoh!
Jabru zulming arshda bo‘lgusi so‘roq
Battol! Isyoningga millionta guvox
Barchasini xudoga aytib beraman!
Qanday bandasanu sen, qandayin ummat
Qo‘ling qon, ko‘zing qon, qarashing zulmat
Tangrimga yetkazish xam farz, xam sunnat
 Barchasini xudoga aytib berman!
Senlar iblismisan, yo shayton-la’na
Qon oqqan yurtida qilgan tantana
Yuz minglab mendaylar qilmasdan ta’na
 Barchasini xudoga aytib beraman!
Do‘xtirjon, mengamas onamga qarang
Otam, akam opam, o‘rtog‘imga ham
Jonin asrab qoling, xavotir olmang
Barchasini xudoga aytib beraman!
Vatanim tinch bo‘lsa yashamasmidim
Ota onam bag‘rida o‘ynamasmidim
Besh yoshimga to‘lmay olamdan o‘tdim
Xammasi xudoga aytib beraman
O‘zbekistondek tinch totuv yurt bor ekan
Bolalari faqat o‘ynab kularkan
Tinchliksevar Yurtboshisi bor ekan

Bunisini jannatdek aytib beraman!



Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Botir Ergashev bilan bog‘langanimizda u mazkur masalaga quyidagicha fikr bildirdi.



Botir Ergashev: “Bunday bo‘lishi mumkin emas”



Men ham ijtimoiy tarmoqlarda  bu gaplarni eshitdim, to‘g‘risi e’tibor bermaslikka harakat qildim. Avvalo bu mavzu ya’ni notinch mamlakatda daydi o‘qning qurboni bo‘lgan bolaning jarrohlik stolida birdan o‘ziga kelib “hammangizni xudoga aytib beraman”, deya jon berishi meni daxshatga soldi. Kechaning bir paytida ilxom quyulib bir o‘tirishda ko‘zlarimda yosh bilan bu she’rni yozdim. Endi plagiatlik mavzusiga qaytadigan bo‘lsak bu yerda hech kim plagiat emas. Bir mavzu haqida o‘nlab yuzlab odam qalam tebratishi mumkin-ku.



BOTIR ERGAShEV she’ri
Nadomatki, yaratganga yolvorib
Deyolmasman murg‘ak jonim qaytib ber
Ular seni o‘ldirdi endi borib
Xammasini Alloximga aytib ber
Notinch yurtning peshonasi sho‘r o‘g‘li
Dunyo axlin zor yig‘latgan zo‘r o‘g‘li
Endigina uch yosh eding go‘ro‘g‘li
Xammasini Alloximga aytib ber
Har yurakka hayratlardan tug‘ ilib,
Nima ko‘rding bu dunyoda tug‘ulib
Yashamasin desang meni bo‘g‘ilib
Hammasini Allohimga aytib ber
Qancha qancha haddan oshgan boylar bor,
Burda nonga intiq holi voylar bor
G‘arb atalmish gunohga g‘arq joylar bor
Hammasini Allohimga aytib ber
Aytgin barcha shaytonga ulfatlarni
Yosh boshingga tushgan g‘am-kulfatlarni
O‘laksalar izlagan kalxatlarni
Xammasini Alloximga aytib ber
Donolar xor nodon o‘rni to‘r bo‘ldi
Kimki g‘o‘rni yensa, o‘sha zo‘r bo‘ldi
Uch yoshingda yetgan joying go‘r bo‘ldi
Hammasini Allohimga aytib ber
Ezgulikni xo‘p ezgusi borlar- G‘arb,
Osiyoni osiylikka chorlar-G‘arb.
G‘arbdan chiqqan quyosh kabi porlar-G‘arb,
Hammasini Allohimga aytib ber
Doktorlar mot, qismat degan "Farzinga"
Chora topmay ko‘ksingdagi darzingga
Qo‘shilaman hamma-hamma arzinga.
Hammasini Allohimga aytib ber
Faxsh otli kungil kuzi kurlarni,
Giyoxvandlik dardi yukkan g'urlarni,
Dinni nikob aylagan terrorlarni,
Xammasini Alloximga aytib ber!
Tug‘ilsayding o‘zbek degan millatda
Yashar eding minnati yo‘q rag‘batda
Xurginajon endi borib jannatda
Xammasini xammasini aytib ber

Bizningcha ijodda bunday hodisalar bo‘lishi tabiiy, bir voqea yuzasidan bir qancha ijod namunalari yaratilganligi ham sir emas. biz xulosa chiqarishni muhlislarning o‘ziga qoldirmoqchimiz.

 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9841 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: konsert, Ozodbek Nazarbekov, Nazarbekov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
sanjar_777_77 sherlarga gap yooo
Like | 0
namsiti ikkalasi ham zor muollifning fikri boshqa boshqa
Like | 0
Guli пишет: | 05.05.2015 | 20:52 #1 Страница с комментарием
guli101192 Zor
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное