Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Efir Sirlari - Piano Version
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
Главная » Файлы » Exclusive Intervyu

Ozodbek! Uni tinglamaydigan yurtdoshlarimizga nima demoqchi?

— Jonli ijroda repetisiya qilayapsiz. Yangi qo‘shiqlaringizning studiyada yozilgan varianti o‘zgaradimi?
— Repetisiyada qo‘shiqlar uy qurgandek quriladi.
— «Gulyuz», «Lola», «Atirgul», “Gulg‘uncha”... Bu yilgi ijodingizda ilhom manbasi gul bo‘ldi, shekilli?
— Qarang, ahamiyat bermagan ekanman. Biroq, aprel oyiga yarashadi, bu so‘zlar...
— Sizni tinglamaydigan yurtdoshlarimizga nima degan bo‘lardingiz?
— Hali o‘z ustimda ishlashim, izlanishim kerak. Demak, hali yashashim kerak. Bu esa kamchiliklarim bor degani.
— Dubayga so‘nggi marta faqat kitob mutolaa qilish uchun bordingiz. Mutolaa zavqi — ruhiy holatmi?
— Dubayni allaqachon tomosha qilish uchun bormay qo‘yganman. Yurtimda turib ham shu ishni qilsam nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Bu yerda tez topib olishadi-da! Iliq ob-havoni qo‘msagan paytim edi, o‘shanda. «Yulduzli tunlar» asarini ikkinchi marotaba o‘qidim. Ilk bor 10 yil oldin mutolaa qilgandim. Oldin o‘qiganim bilan hozirgisi orasida ancha farq bor. O‘qiganlarim yuragimga boshqacha ta’sir qildi. Bobur ijodiga murojaat qilganim uchun shunday bo‘ldi, shekilli.
— AQShda bir necha marotaba safarda bo‘ldingiz. Qaysi shaharidan ko‘proq taassurot oldingiz?
— Las-Vegasdan. Bu yaxshi taassurot degani emas. Ikki kun turgan bo‘lsam, zerikdim. Nahot, Yer yuzida shunaqa joy bor?! Bu shaharni yurtimizning cho‘li bilan solishtirsang, bizda ko‘proq baraka bor. Ma’rifat, ma’naviyatni ulkan shaharda ko‘rmadim.
— Los-Anjelesga ham bordingiz. Hollivuddagi mashhur ko‘chada piyodalar yo‘lakchasida marmarga tushirilgan mashhur yulduzlar orasida o‘z ismingizni ko‘rishni istarmidingiz? Ularning oyoq bilan bosib o‘tilishiga munosabatingiz?
— Bu ham nayrang. Manaman degan «yulduz»lar Amerika ko‘chalarida oyoq ostida sochilib turganini ko‘rdim. Kim bo‘lsang ham yerdagi hokisor odamsan, degan ma’no bordek...
—  «Apple» telefonlaridan ko‘p foydalanish ko‘z o‘tkirligiga ta’sir qilishi haqida dunyo OAVlari yozmoqda. Sizga-chi?
— Birinchi qadamlarni boshladim. Ko‘z nurimni asrashim uchun «telegram», «vatsap»ni o‘chirib tashladim. Telefon nafaqat ko‘zga ta’sir qilayapti, balki umrni, vaqtimni ham ko‘p olayapti.
— Bir kunda nechta qo‘ng‘iroqqa javob berasiz?
— Deyarli javob bermayman. Bekorchi qo‘ng‘iroqlar ko‘p bo‘ladi. Muhim ishi bor odam qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham meni topadi.
— Eng ko‘p «SMS» yozadigan insoningiz?
— Bundan ancha yil oldin qutulganman.
— Avtomashinani yolg‘iz boshqarish yoqadimi? Va mashinangizda kimning qo‘shiqlarini ko‘proq tinglaysiz?
— So‘nggi bir yil davomida radio eshitayapman. Radioni qo‘shiqlar bozoriga o‘xshataman. «Bozor»da yo‘q mahsulotni berish uchun ham radioni tinglash zarur.
— Kuyovingiz muxlisingizmi?
— Bilmadim.
— Unga bergan eng jo‘yali maslahatingiz?
— Hali maslahat berganim yo‘q.
— Hamma yopishib qolgan «instagram»da nega yo‘qsiz?
— Chunki kerakmas. Foydasidan ziyoni ko‘p.
— Nega yangilik va voqealarni yashin tezligida tarqatadigan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaysiz yoki tushunmaysizmi?
— Xohlasam, tushunib olaman! Shunchalik qiziqmaganman.
— Hayotda eng ko‘p ishlatadigan iborangiz?
— «Shukr» so‘zi.
— Xorij tillarini o‘rganishga nega qiziqmaysiz? Masalan, Yulduz Usmonova sizning yoshingizda ingliz tilida mufassal gapirishni bilardi... Vaqt muammo desak, o‘sha yillarda unda vaqt siznikidan «battar»roq muammo bo‘lgan!
— Ehtiyoj sezmaganman. Biroq niyatim yo‘q emas.
— Sizni yomon ko‘radigan odamlarga ro‘baru kelganmisiz?
— Ha.
— «Fanat»laringizning to‘yiga mehmon bo‘lib borganmisiz?
— To‘yga hech qachon mehmon bo‘lib bormaganman. Baribir «ishlatishadi».
— Xalq artistining eng katta sifati?
— Xalq buyukligini, o‘ziga xosligini qadrlash va boshqa xalqlar orasida ham namoyish qilish. Xalqning yuzi bo‘la olish.
— Qaysi hamkasblaringizni xalqning yuzi sifatida ko‘ra olasiz?
— Kamoliddin Rahimov tarbiyasi haqida biror marotaba ortiqcha gap eshitmaganman. Ortiq Otajonov duo qiladi, omad tilaydi, nasihat qiladi. Farrux Zokirovda ham illat ko‘rmayman.
— O‘lim haqida o‘ylab turasizmi?
— Har kuni, ko‘p marotaba. Eshikni qoqib kelmaydi, u. O‘lim haqida o‘ylash tinimsiz ishlashga undaydi. Vaqtimni uvol qilmaslikka chaqiradi.
— Qo‘shiqlaringiz aniq sonini taxmin qiling-chi?
— Taxminimcha, 600 taga yaqin.
— Charchaganingizda qanday ovunasiz?
— Uxlab. Uyqudan boshqa yoqimli hordiq yo‘q. Odatda, 6 soat uxlayman.
 
(DAVOMI BOR!)
Jasur HAMROYEV


Категория: Exclusive Intervyu
Просмотров: 7222 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ozodbek Nazarbekov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Damir_95_ Xamma tinlasa keraye
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное