Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qalin va uzun anomal sochlarga ega bir yoshli bolakay internetda mashhurlikka erishdi

Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi ayol qizining anomal qalin sochlarini namoyish etib, internet yulduziga aylandi, deb  xabar beradi. Daily Mail.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lotti Batchelor jingalak sochlari bilan tug‘ilgan va bir yil ichida uning uzunligi 25 santimetrga yetgan. “Tug‘ilganida uning sochlari juda ham qora va qalinligidan hayratga tushgan edim. Oydan oyga o‘sib borgan sochlar uzunligi hozirda uning beliga tushadi”, — deydi qizaloqning 28 yoshli onasi Emili Batchelor.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, har kuni tongda u qizining sochlarini tarashga 45 daqiqa sarflaydi. “Quritishni o‘ziga yarim soatga yaqin vaqt ketadi, yana 15 daqiqani jingalaklarni tekislashga sarflayman. Soch uchun mo‘ljallangan ko‘plab vositalardan foydalanaman, jumladan, konditsioner, antistatik damlama, oson tarash uchun emulsiya, to‘lqinsimon tolalar uchun sprey. Uning sochlarini parvarishlashda eng yaxshi mahsulotlardan foydalanamiz”, — deydi ayol.

Batchelorning qo‘shimcha qilishicha, Lotti uning sakkiz marotaba tushib qolgan farzandidan so‘ng tug‘ilgan. “Shifokorlar tabiiy usulda boshqa farzand ko‘ra olmasligimiz mumkinligini va sun’iy urug‘lantirish haqida aytgandi. Shu sababli Lottiga mustaqil homilador bo‘lganim, hayratlanarli. U bizning mitti mo‘jizamiz”, — deydi ayol.

Mart oyida anomal darajada qalin sochga ega qizaloq internetda mashhurlikka  erishgan. Eyeswideblue niki ostidagi foydalanuvchi bolani butilka yordamida oziqlantirayotgani tasvirlangan videoni e’lon qilgandi. Kadrda qizaloqning qalin va qora sochlarini ko‘rish mumkin.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6690 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qalin, mashhur, Uzun, Internet, Bola, Sochlar, anomal
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное