Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Qanday ayollar ko'proq e'tiborni jalb qilib, maftunkor ko'rinadilar?


Ayollar go'zal xilqat vakillaridir. Dunyoda esa xunuk ayolning o'zi bo'lmaydi. Ularning barchalari o'ziga yarasha latofat va jozibaga egadirlar. Quyidagi maqolamizda turli tuman go'zallarning aynan qaysi qiyofadagilarini erkaklar ko'proq payqashlari haqida psixologlar fikrlariga tayangan holda ma'lumotlar keltirib o'tdik. Ushbu ma'lumotlar sizga qiziq bo'ladi deb umid qilamiz!

Psixologlarning ta'kidlashicha, erkaklar ongsiz darajada ayollarni yuz qiyofalari orqali payqashar ekanlar. Vaqt o'tishi bilan ularning fikrlari o'zgarishi mumkin. Biroq bugungi kundagi erkaklarning ayollar borasidagi fikrlarini bilish maqsadida psixologlar tomonidan turli maxsus tadqiqotlar o'tkazilgan. Ularning natijlarini esa sizning hukmingizga havola etdik.

Amerikalik olimlar erkaklar uchun eng jozibali narsa ayollarda yonoqlarning mavjudligi ekanligi deya ta'kidlashdi. Ularning fikrlariga qaraganda, yoqimli ko'rinadigan yonoqlar va unchalik katta bo'lmagan iyak latofatli ko'rinishning eng asosiy belgilari ekan. Mutaxassislarning bu fikrni quyidagicha izohlashdi. Ularning aytishlaricha, bunday yuz qiyofasiga ega ayol juda yoqimtoy va muloyim bo'lib ko'rinadi, shu bois ham ular bir qaraganlarida bu kabi ayolda o'z juftlari va bo'lg'usi farzandlarining onasini ko'rishadi.

Yana bir e'tiborli xususiyat sifatida toza va silliq terini sanashadi. Bejizga silliq yuz terisi ayolning tashrif qog'ozi deyilmadi-da! Muammoli yuz terisidan silliq yuz terisini saralashlari boisi – ular silliq yuz terisi ayolning salomatligi darakchisi deya hisoblashlaridadir. Albatta silliq va muammosiz yuz terisi ham o'ziga yarasha husnning asosi bo'la oladi.

Eng so'nggi va eng ajoyib xususiyat – bu ayol yonog'i va burnidagi sepkillar! Xa, aynan shunday! Erkaklar sepkillari bor ayollarni ham juda jozibali deya sanashar ekan. Ularning fikrlariga qaraganda sepkilli qizlar hushchaqchaq va quvnoq bo'lishadi. Erkak kishi esa har doim o'z hayotini yanada baxtli qiladigan, zavqu-shavqqa to'ldiruvchi quvnoq ayolni qidiradi.



Manba:Hordiq.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3099 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jalb qilib, Qanday ayollar, Maftunkor, ko'proq e'tibor, ko'rinadilar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное