Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Qanday qilib velosiped yordamida tez ozish mumkin?


Velosiped ko‘pchilikning hayotiga harakatlanish vositasi sifatida tobora faol kirib kelmoqda. Biroq, u transport vositasi bo‘lishi bilan birga ajoyib trenajyor ham ekanini hamma ham bilmaydi. Dunyoda bayk yordamida ortiqcha kaloriyalarni yo‘qotish va mushak relefiga ega bo‘lishning ko‘plab tezkor va samarali usullari bor. Qanday qilib deysizmi? Don't Panic shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Nonushta oldidan sayr qilish

Nonushta oldidan qisqa sayrga (taxminan 20 daqiqaga) chiqishni odatga aylantiring. Amaliy fiziologiya jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotlar yog‘larning qorin och vaqtida tezroq parchalanishini ko‘rsatgan. Oddiy ertalabki sayr haftasiga 2 mingtagacha kaloriyani yo‘qotishga qodir. Yana shunisi muhimki, u metabolizmni tezlashtirish mexanizmini ishga tushiradi. Professional poygachilar musobaqalarga tayyorlanayotganda shu usuldan foydalanishadi.

Intensiv sport

Intervalli harakatlar tushunchasi velosiped poygalari uchun ham muhimdir. Shoshmasdan haydash va maksimal tezlashish ketma-ketligiga rioya qiling: bu organizmingizni yog‘larni faolroq yo‘qotishga sozlaydi.

Noqulay yo‘llar

Noqulay yo‘llar bo‘ylab atigi bir soat harakatlanish qulay yo‘llar bo‘ylab harkatlanganga nisbatan 600 kaloriyaga ko‘proq parchalar ekan. Bundan tashqari, noqulay yo‘l butun tanani ishlashga majbur qiladi.

Tog‘larga yo‘l olamiz

Tog‘ga velosipedda chiqish hammaga ham yoqavermaydi, albatta. Bu organizmning butun tizimi, shu jumladan yurak-qon tomir tizimini ham ishga soluvchi murakkab mashg‘ulot. Shunday bo‘lsa-da, uning ijobiy tomonlari ham ko‘p: haftada ikki kunni xill-raydingga ajrating va bir oy ichida natijasiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

Yengil tamaddi qilish

Siz velosipedda sayr qilishga butun kuningizni ketkazishingiz mumkin. Organizmga esa, so‘zsiz, energiya kerak bo‘ladi - shunday ekan, uni zararli va og‘ir yeguliklardan emas, yengil va foydali ozuqalardan oling. Masalan, velosipedchining to‘yimli myuslili baton, banan iste’mol qilishi yoki proteinli kokteyl ichishi maqsadga muvofiqdir.



Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3275 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qanday qilib, Velosiped, yordamida, tez ozish mumkin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное