Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Qaynota o‘z kuyovini ukol qilib o‘ldirdi


Ukrainaning Xarkov shahar sudi saraton kasalliklari shifokorini 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorning qizi o‘z turmush o‘rtog‘i bilan kelisha olmay qolgan va ajrashmoqchi bo‘lgan. Shu sababli kuyovning qaynotasi bilan munosabati yaxshi bo‘lmagan.

2015 yilning fevralida uyda hech kim yo‘qligidan foydalangan qaynota, kuyovning xonadoniga kirib oladi. Qaynota o‘z kiyimini almashtirib, kuyovini ishdan kutib olish uchun garajga boradi. Kuyov ishdan qaytganida, qaynotasi uning soniga ukol qiladi. O‘limidan bir necha daqiqa oldin kuyov o‘zining akasiga telefon qilib, o‘ziga qaynotasi tomonidan hujum qilinganini tushuntirishga ulguradi va vafot etadi.

Qotillikdan so‘ng qaynota kuyovining o‘limi tabiiy yo‘sinda ko‘rinsin, deb jasadni odamlardan holi hududga oli borib tashlaydi.

Ammo, tergov davomida qaynotaning saraton kasalliklari amaliyotchi shifokori ekani va unda odamni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan dorilarni qo‘lga kiritish imkoni borligidan foydalanib, bu qotillikka avvaldan tayyorlangani isbotlandi.

Qotil qaynotaga qonunga muvofiq jazo tayinlandi. Lekin, qaynota o‘zini aybdor, deb tan olmadi.

Obil Safarov



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5361 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qaynota
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное