Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Qish faslini sayohatda o`tkazayotgan o`zbekistonlik mashhurlar(Foto)


 

O`zbekistonda iliq ob-havo bilan o`tayotgan qish faslini ayrim xonandalar jazirama issiq hukm surayotgan mamlakatlarda, boshqalar o`zlari uchun qadrdon bo`lib qolgan xorijiy davlatlarda o`tkazmoqda. Ayrimlar esa bu mavsumda yaqinlari davrasida hordiq chiqarmoqda. 

Quyida horijiy davlatlarda sayohat qilayotgan o`zbek shou-biznesi vakillarini sanab o`tamiz. 

Shahzoda.


Xonanda Shahzoda ayni damda BAAning Dubay shahrida oilaviy hordiq chiqarmoqda. Issiq mamlakatdagi maroqli sayohat aks etgan suratlar xonandaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan joy olmoqda. 

Lola.


Xonanda Lola ham qish mavsumida sayohat qilib, biroz hordiq chiqarishga qaror qildi. U ayni paytda qish sovuq va qalin qor bilan kechayotgan Rossiyada sayohatda. Lolaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham sayohat aks etgan turli suratlarni ko`rish mumkin. 

Obid Asomov.


Qiziqchi Obid Asomov qish paytida issiq o`lkalarda hordiq chiqarishni afzal ko`rdi. U ayni damda Tailandning Pxuket orolida oilaviy hordiq chiqarmoqda. 

Raqqosa Parizoda.


Raqqosa Parizoda ham issiq mamlakatlardan birida sayohatda bshldi. Uning aynan qaysi mamlakatga borgani noma`lum, biroq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan raqqosa dengiz bo`yida hordiq chiqarganini sezish mumkin.

Munisa Rizaeva.


Sayohatlarga chiqishni xush ko`ruvchi yana bir xonanda Munisa Rizaeva singlisi bilan birga London-Moskva yo`nalishida sayohatga otlandi. Ayni damda u Buyuk Britaniyaning London shahrida hordiq chiqarmoqda. 

Farhod Alimov, Rashid Holiqov


O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Holiqov va boshlovchi Farhod Alimov bir guruh do`stlari bilan Tailandga jo`nab ketdi. Bu haqda Farhod Alimov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi. 

Shahlo Ahmedova.


Yosh xonanda Shahlo Ahmedova ham qishni sayohat bilan o`tkazmoqda. Shahlo ayni paytda AQShda sayohtda. Buni tasdiqlovchi suratlar uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan o`rin olgan.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8329 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shou-biznes
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Klass yes
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное