Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Qiziqchi Obid Asomov 54 yoshga to‘ldi





Bugun san’atimizning yana bir yorqin yulduzi, yoshlar o‘ynab o‘lib qoladigan, qarilar tushunolmay hayron qoladigan, hech kimga o‘xshamagan, faqat o‘zigagina o‘xshagan ajoyib ovoz sohibasi Munisa Rizayevaning tavallud kunlari!”, — deb boshlangan edi Obid Asomovning tabrigi.

“Munisa singlim, bilib qo‘y: hamma ulug‘ insonlar oktabr oyida tug‘ilgan! Eng buyuklari esa shu 21—22-oktabr kunlarida tug‘ilgan. Seni oilamiz bilan yaxshi ko‘ramiz! Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin!”, — deya yakunlagan edi Obid Asomov o‘z tabrigini.

22-oktabr kuni esa 54 yoshga to‘lgan Obid Asomov Instagram’dagi sahifasi orqali o‘zini o‘zi tabrikladi. Tabrik matniga so‘z ustasining boshlang‘ich sinflarda o‘qiyotgan vaqtida olingan surati ilova qilingan.

“Rostini aytsam, shu rasmdagi bolaga havasim kelyapti. Shu beg‘am hayot, beg‘uborlik, o‘yinqaroqlik, samimiylik, betashvish bolalikni endi milliongayam qaytara olmaymiz”, — deb yozadi Obid Asomov.

“Mayli, noshukrlik bo‘lmasin. Yetkazganiga shukr! Tug‘ilgan kunim muborak bo‘lsin!”, — deb, Obid Asomov o‘ziga yozgan tabriknomasini yakunlagan.
 


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3850 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Obid Asomov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное