Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qo‘shmachilik bilan shug‘ullanganlar qilmishiga pushaymon bo‘ldi

Ayollarimiz doim bolasi uchun yelib yuguradi. Zulxumor hamma ayollar qatori tirikchilik qilib, binoyidek  choyshablar tikib, sotib, pul topib, shuning ortidan ikkita guldek farzandlarini boqayotgandi. Biroq u jinoyatning jirkanch ko‘chasiga kirdiyu choyshablar tikishni yig‘ishtirdi qo‘ydi. So‘ngra u uch marotaba sudlanib, o‘ziga tegishli jazolarini ham oldi. Afsuski, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmadi. Ozodlikning kadriga yetmadi.
Zubayda ham hali yosh bo‘lishiga qaramay,  ikki  marotaba jinoyatga qo‘l urib, o‘z jazosini oldi. Ammo tavbasiga tayanmadi. Shuning ortidan turmush o‘rtog‘i u bilan ajrashishga qaror qildi. O‘rtada bitta bola tirik yetim bo‘lib qoldi. 
Bundan jahli chiqqan ayol endi ishlashni emas, balki qanday qilib bo‘lsada, osongina pul topish yo‘llarini izlardi. 
Ko‘r ko‘rni qorong‘uda topibdi, deganlaridek ayollar bir-birlarini Chilonzor tumanidagi Shuhrat dahasidan topishdi. O‘sha atrofdagi kafelardan biriga kirib, xo‘p suhbatlashishdi, dardlashishdi. Opa singil tutinishdi.
—Meni ikkita chiroyli qizlarim bor. Agar mijoz topib bersangiz, sizni quruq qo‘ymayman. Topib kelgan mijozlaringizning har biri uchun 5.000 so‘mdan pul beraman, — dedi Zulxumor Zubaydaga ayyorona boqib.
Bu taklif ishlamasdan tishlashni xohlaydigan, pulga o‘ch ayolginaga yoqib tushdi.  
Shundan so‘ng ikkovlon Zulxumor topgan va ijaraga olgan Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan biriga borishdi. 
Bu xonadonni ko‘rib olgan Zubayda endi bu yerga har kuni har xil mijozlar olib borib turdi va Zulxumorga hisobot berib bordi. Shunga qarab, belini og‘ritmasdan pul topishni boshladi.
Kunlarning birida Zulxumorga Zubayda qo‘ng‘iroq qilib, uyali telefoniga  paynet shoxobchasidan besh ming so‘m pul o‘tkazishini iltimos qildi. 
—Hozir yonimda pulim yo‘q. Fohishalik bilan shug‘ullanadigan qizlarim teri-tanosil kasalliklari dispanseriga tushib qoldi. Ularni u yerdan olib chiqish uchun bor pullarimni sarflab qo‘ydim, — dedi mug‘ombirlik bilan Zulxumor unga pul bergisi kelmay.
Oradan  bir hafta vaqt o‘tgach, Zulxumorning o‘zi Zubaydaga qo‘ng‘iroq qilib qoldi. 
—Qizlarni dispanserdan olib chiqdim. Endi ularga tezroq mijoz topib, olib kelavering.
Zubayda bu gaplarni eshitib darhol “ov”ga chiqdi. Uning tuzog‘iga uzoq viloyatdan “Farhod dehqon bozori”da guruch sotaman deb kelgan, ikkita barvasta erkak ilindi. 
Ayol bu erkaklarga ular bilan uchrashadigan qizlarning husni jamoliyu, qanday qilib ularning qulfi dilini ochishini aytib, maqtab, yo‘lda o‘tayotgan taksilardan birini ushlab o‘tirg‘izdi. O‘zi esa haydovchining yoniga o‘tirib, manzilni unga tushuntirdi.
Haydovchi ularni ayol aytilgan manzilga olib kelib qo‘yib, o‘z yo‘lida davom etdi.
Zubayda yana erkaklarni aldab, avrab, uchrashtiradigan qizlarini yeru ko‘kka sig‘dirmay maqtab ketayotgan edi, to‘satdan ro‘parasidan IIB xodimlari chiqib qolishdi va ulardan shubhalanishib so‘roqqa tutishdi:
—Shaxsingizni tasdiqlaydigan hujjatlaringiz bormi?
—Kechirasiz, uyda qolgan hujjatim. Xohlasangiz, olib borib ko‘rsataman, — dedi Zubayda  hozirjavoblik bilan.
—Qaerga borayapsizlar?
—Yakkasaroy tumanida joylashgan xonadonimizga. Bu kishilar — mening mehmonim. Xorazmdan kelishgan, — dedi ayol ularning so‘roqlaridan norozi bo‘lib to‘ng‘illaganicha.
—Unda, hammamiz birgalikda boramiz, mehmon bo‘lamiz, — dedi uning o‘zini tutishidan shubhalangan IIB xodimlaridan biri. 
Keyin ular birgalashib aytilgan xonadonga borishdi.
IIB xodimlari u yerdagi xonadondan sakkiz nafar har xil yoshdagi yigitlarni va ikki nafar fohishalik bilan shug‘ullanayotgan ayollarni ko‘rishdi. Ularning har biridan tushuntirish xati olishdi.
Fohishalik bilan shug‘ullanadigan qizlarga Zulxumor har oyda 300.000 so‘mdan maosh berishi ham aniqlandi.
Sud Zulxumorga nisbatan jazo tayinlashda uning aybiga qisman iqrorligini, qilmishidan qattiq pushaymonligini, muqaddam  ham xuddi shu  turdagi jazoni o‘tab chiqqanligini, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan yana shunday ish bilan mashg‘ulligini,  jinoyat sodir etganligini inobatga olib, ozodlikdan mahrum etdi.
Sud Zulxumor  Abdusattarovani to‘rt yil muddatga, Zubayda  Nasrullayevani uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Essiz bunday ayollarga ona degan nom!
Xonbibi HIMMAT qizi


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4887 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol, Qo‘shmachilik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное