Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qozog‘istonda 50dan ortiq o‘zbekistonlik avtobusda yonib ketdi (video)


Bugun, 18 yanvar kuni 57 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan, Samara-Chimkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus yonib ketdi.

Bugun, 18 yanvar kuni taxminan Ostona vaqti bilan soat 10.30 da, Viloyat markazidan 320 km uzoqlikda, ya’ni Samara-Chimkent yo‘lining Qalibay hududidan o‘tuvchi qismida "Ikarus" avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Salonda 55 yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi bo‘lgan.

Yo‘lovchi tashuvchi ushbu ichida bo‘lgan 57 nafar o‘zbekistonlikdan 52 nafari voqea joyida yonish natijasida vafot etgan bo‘lib, faqat 5 kishigina yong‘indan omon chiqishga ulgurgan.

Yong‘in vaqtida ikkita yong‘inni o‘chirish maxsus brigadasining 8 kishilik jamoasi ish olib borganiga qaramay, o‘zbekistonlik fuqarolarni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Oktobidagi Favqulodda vaziyatlar departamentining xabar berishicha, omon qolganlarga psixolog, shifokor, polisiya va qutqaruvchilar barcha yordamlarni berishmoqda. Qurbon bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda.


VIDEONI KO'RISH


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6196 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘zbekistonlik, Qozog‘iston, 50dan ortiq, avtobusda yonib ketdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
SenioR Alhamdililuloh! Nahotki 52 nafar birdaniga? Avtobusdan tushishni umuman Iloji bo'lmadimikin! Nima bo'lganda ham Juda ham afusdaman. Ilohim so'nggi manzillaringiz Jannat bo'lsin!
Like | 0
Dilso'z пишет: | 19.01.2018 | 12:54 #2 Страница с комментарием
omina1710 Yaxshi ish bomatiyu joylari jannatdan bosin
Like | 0
azizkhan770 Afsusdaman uzb fuqorolariga chuqur tazya bikdiraman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное