Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Qaqnus - Mal De music
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Qirolicha - Soundterck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Pazanda - Im Loving You
. Merlin-Soundtreck
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Ramazonning inson hayotiga qanday foydalari bor?

Alloh Qur’oni Karimning Baqara surasi 183-184-oyatlarida shunday marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan oldin o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi.
Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi”.
Mana, mo‘min-musulmonlar kutgan muqaddas oy – Ramazon ham kirib keldi. Inson bolasi uchun bitmas tugunmas foyda bo‘lgan, savoblar oyi, yaxshi amallar oyi Ramazonning kunlari chegaralangan. Xo‘sh, bu kunlar inson va uning hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Bu oyning odam bolasi uchun qanday foydalari bor?
Quyida shu mavzu haqda fikr yuritishga harakat qilamiz.
1. Ma’naviy foydasi Ro‘za ne’matlarga shukr qilishga, ne’matlarning qadrini bilishga vasila bo‘ladi. Chunki, nafs yeyish, ichish va jimo’dan (jinsiy yaqinlik) o‘zini tiyadi. Bu uchovi esa dunyoviy ne’matlarning eng ulug‘laridandir. Ulardan bir necha muddat tiyilib turish, ne’matlarning qadrini yaqqol ko‘rsatadi. Chunki, odatda ne’mat yo‘qolganda bilinadi. Ne’matlarning qazosi shukr bilan bo‘ladi. Ne’matlarga shukr qilish esa farzdir. Ro‘za taqvoga ham vasiladir. Chunki nafs ro‘za sababli halol narsalardan tiyilib turadi, o‘zini asraydi. Buning sababi u Allohning rozichiligini topmoqchi, alamli azoblardan saqlanmoqchidir. Bu bilan o‘z-o‘zidan haromlardan, Alloh man’ qilgan narsalardan saqlanish kelib chiqishi tabiiydir. Zotan, haromlardan saqlanish ham farzdir. Ro‘za nafsga qahr qilish, shahvatlarni sindirish vositasidir. Chunki, nafs qanchalik to‘q bo‘lsa, shunchalik quturadi, shahvatlarni xohlaydi. U och bo‘lsa, nafsi-havosining popugi pasayadi. Ro‘za shaytonga ham qahr qilish vositasidir. Zotan, shaytonning ishi adashtirish, shahvatlarga yordam berish va undashdir. Adashish va shahvatga berilishning asli ko‘p taom yeyish ekanligiga shubha yo‘q. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Shayton odam bolalarining qon yuradigan joylarida yuradi, bas, uning yo‘lini ochlik bilan toraytiring!”, demishlar. Ro‘za kambag‘al va miskinlarga yordam berishga bir vasiladir. Zotan, ro‘zador o‘zida ochlik va chanqoqlikni sezar ekan, o‘zgalarning ochlik va chanqoqligiga ahamiyat beradi va ularga yordam bergisi, dardlariga sherik bo‘lgisi keladi. Shu bilan Alloh taoloning rahmatiga erishishni ko‘zlaydi.
2. Salomatlikka foydasi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Hadis va hayot” kitobida ro‘za insonning sog‘ligiga foyda bo‘lishi haqida shunday deyiladi: Ro‘za insondagi kasalliklarga qarshi qobiliyat (immunitet)ni kuchaytiradi. Chunki ro‘za tutgan odamda ushbu maqsadga xizmat qiluvchi hujayralar o‘n marta ko‘payishi ilmiy ravishda sobit bo‘lgan. Ro‘za tutgan odamda semizlikka qarshi mone’lik paydo bo‘ladi. Ro‘zador ruhiy iztiroblardan ham saqlanadi... Ro‘za buyrakda toshlar yig‘ilishidan saqlaydi. Chunki ro‘za tutgan odamning qonida soda ko‘payib, kaliy tuzlari to‘planishini man qiladi. Shuningdek, ro‘zador siydigida siydik yo‘llaridagi tuzlarni to‘planib qolishini yo‘qotadigan modda ko‘payishi ham ilmiy ravishda isbot etilgan. Ro‘za inson jismini uning to‘qimalarida to‘planib qoladigan zaharli moddalardan tozalashga yordam beradi… Ro‘za jinsiy maylning kuchini qirqadi. Bu, ayniqsa, yoshlar uchun juda foydalik bo‘lib, jismni turli asabiy va jismoniy iztiroblardan saqlaydi.
3. Har kunlik baraka Imom Buxoriy va Imom Muslimlar Anas raziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deb marhamat qilganlar: “Saharlik qilinglar! Zero, shak yo‘qki, saharlik barakadir!”. Miqdom ibn Ma’dikaraba raziyallohu anhu rivoyatida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bundoq demishlar: “Bu saharlikni o‘zingizga lozim tutinglar! Zero, bu muborak oziqdir”. Imom Nasoiy rivoyat qilgan. Barakaning sababi ro‘zador quvvatli bo‘ladi, xursand bo‘ladi, ro‘za tutishi oson bo‘ladi. Boz ustiga, oxiratdagi savobi ham bor. Shuning uchun saharlik qilish kerak. U ozgina taom, garchi bir qultum suv bo‘lsa ham kifoya qiladi. Imom Ahmad Abu Said al-Xudriy raziyallohu anhudan rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: “Saharlik barakadir. Shuning uchun, hech biringiz uni bir qultum suv ichib bo‘lsa ham tark qilmanglar. Zero, Alloh taolo va uning farishtalari saharlik qiluvchilarga salovot ayturlar”. Saharlik qilishning vaqti tun yarmidan boshlab to tong otgungachadir. Lekin, kechiktirib saharlik qilish avlodir. Ya’ni, tong otishidan sal oldin saharlik tugatilishi yaxshiroq.
Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu aytadilar: Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga saharlik qilar edik.
So‘ng namozga turar edik. “Ikkovining orasi qancha vaqt edi?” – deb so‘raldi.
U: “Ellik oyat o‘qish miqdoricha edi”, dedi. Buni Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan. Tobi’iynlardan Amr ibn Maymunning eslashicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblari odamlar ichida iftorga eng shoshadigani, saharlikni eng kechiktiradigani bo‘lgan ekanlar. Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan. Ammo, shuni bilmoq kerakki, saharlikni kechiktirganda, agar tong otib ketdi, degan gumon bo‘ladigan bo‘lsa, unda yeb-ichib o‘tirish makruh bo‘ladi. Tong otgani aniq bo‘lganda yeyish esa, ro‘zani buzadi. Bu oyning foydalari haqida qancha gapirsa shuncha oz. Urushlar to‘xtaydigan, shaytonlar zanjirband etiladigan, duolar qabul bo‘ladigan, xayr-ehsonlar ko‘payadigan, baraka yog‘iladigan muqaddas Ramazonning har bir daqiqasi omonat. Ana shu omonatga xiyonat qilmay, uning shukrini qilib, unga munosib bo‘lish barchamizga nasib etsin. Hammamizga Ramazon muborak bo‘lsin!


Manba:kun.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 7688 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qanday foydalari bor, inson hayoti, Ramazon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное