Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishq Ertagi - Title sound
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Klon-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Pazanda - Sad Love
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti bo‘yicha dastlabki xulosalarni e’lon qildi

Ayni kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Ramazon hayiti kunini belgilash atrofidagi ma’lumotlar turlicha talqin etilmoqda. 20 aprel kuni yakuniy xulosalar taqdim etiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi. 

Gap shundaki, O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun ishchi guruh shug‘ullanmoqda. Ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat mazkur ishchi guruh Ramazon hayiti kuni – yangi Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlikda kuzatib bormoqda. Hatto Ishchi guruhi vakillari AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya mintaqalarida ham kuzatish ishlarini olib bormoqda.

Xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil Ramazon hayiti kuni, ya’ni Shavvolning yangi oy fazasi shu yil 20  aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da, Saudiya Arabistoni vaqti bilan esa 07:12 da sodir bo‘ladi. Astronom olimlar xulosasiga ko‘ra, shu kuni Shavvol oyi hiloli O‘zbekiston hududida ko‘rinmasada, lekin dunyoning ayrim mintaqalarida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Hanafiy fiqhi manbalarida bir makonda yangi hilol ko‘rilishi dunyodagi jami musulmonlarga Ramazon hayitini nishonlashni joiz qiladi. Bunga hanafiy, molikiy va hanbaliy mazhablaridan iborat jumhur ulamolar ittifoq qilgan.

Shar’iy masalalar va astronomik hisob-kitoblarga tayangan holda 1444 hijriy yil Shavvol oyi hiloli milodiy 2023 yil 20 aprel kuni Yer yuzining ayrim hududlarda kuzatiladi. Shu bois, Ramazon hayiti kuni 2023 yil 21 aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida dastlabki xulosalar qilinmoqda. AQSH, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi bir qator davlatlar tomonidan joriy yil 21 aprel, juma kuni Ramazon hayiti, deb e’lon qilindi.

“Falakiy hisob bo‘yicha hayit kuni ma’lum bo‘lsada, Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Yangi oyni ko‘rib ro‘za tutinglar va yangi oyni ko‘rib hayit qilinglar”, degan hadisi shariflariga asosan mazkur ishchi guruhining AQSH, Turkiya va G‘arb davlatlaridagi vakillarining hilolni kuzatish to‘g‘risidagi oxirgi ma’lumotlari olingandan keyin 2023 yil 20 aprel kuni yakuniy xulosalar taqdim etiladi”, deyilgan xabarda.

Idoraning aytishicha, ibodat masalasida doim ehtiyot bo‘lish lozim. Ramazon ro‘zasining boshlanishi va tugashi faqat yurt muftiysi tomonidan e’lon qilinadi, mo‘min-musulmonlar esa shu fatvoga ergashishlari shart bo‘ladi.

“Internet saytlari yurituvchilari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan ushbu masalada turli xabarlarni tarqatish orqali xalqimizni asl vaziyatdan chalg‘itmaslikni iltimos qilamiz. Shu kunlarda O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni rasmiy manbalarda e’lon qilinadi”, deyilgan xabarda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3597 | Рейтинг: 0| Рейтинг: idorasi, musulmonlar, xulosalarni, dastlabki, e’lon qildi, Ramazon, bo‘yicha, hayiti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное