Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rasman: Magistraturaga kirish imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbbusi bilan, Davlat komissiyasi 1-sonli bayoni bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2020 yil 25 iyunga qadar magistraturaga kirish sinovlari uchun tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni hamda xorijiy tilni bilish darajasini aniqlaydigan testlar bazasi (to‘plami) shakllantiriladi.
Istisno tariqasida, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020 yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
Sunnatilla Abdullaev


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2164 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’lum bo‘ldi, o‘tkazilishi, qachon, kirish imtihonlari, rasman, magistratura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное