Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Ravshan Ermatov JCh-2014 o‘yinlarini boshqaradi

FIFA hakamlar qo‘mitasi 14-yanvar kuni 2014-yilgi mundialda ishlaydigan 25 ta hakamlar brigadalarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov o‘z brigadasi bilan 2014-yil Braziliyada bo‘lib o‘tadigan mundialda qatnashadigan bo‘ldi.

Osiyodan quyidagi hakamlar JCh-2014da ishtirok etadilar: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston), Yuichi Nishimura (Yaponiya), Navaf Shukrulla (Bahrayn), Benjamin Uilyams (Avstraliya).

Ushbu ro‘yxatda shuningdek: Feliks Brix (Germaniya), Junayd Chaqir (Turkiya), Pedro Proyensa (Portugaliya), Nikola Ritsoli (Italiya), Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya), Hovard Uebb (Angliya) kabi muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan hakamlarni ham uchratish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov yordam beradilar.

E’tirof etish kerak, Ravshan Ermatov nafaqat O‘rta Osiyo, balki MDH hududidan jahon chempionatiga boradigan yagona hakamdir.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3258 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ravshan Ermatov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
islom94 biggrin zo'r hozircha hakamlar chiqib tiriwsin...keginchalik futbolchilar chiqiwar..
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное