Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ravshan Ermatov Munisa Rizayeva qarshisida futbol o‘ynaydigan bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati bellashuvlarida eng ko‘p uchrashuv boshqargani bilan mashhur bo‘lgan o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 31 may kuni «O‘zbekiston» sport majmuasida futbol o‘ynaydi. Shou-uchrashuv sobiq futbolchi Azamat Abduraimovning 50 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etiladi, deb yozadi “Daryo” nashri. 
Azamat Abduraimov va uning yaqinlaridan tashkil topgan jamoa Ravshan Ermatov jamoasiga qarshi zalga chiqadi. Unda 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarida zafar quchgan futbol yulduzlari, kino aktyorlar hamda estrada yulduzlarining ishtirok etishi kutilmoqda. Mazkur tadbirning maxsus mehmoni sifatida qo‘shiqchi Munisa Rizayeva ishtirok etadi.
15:00 da boshlanadigan shou-uchrashuvdan oldidan bolalar o‘rtasida «Chempionlar Kubogi» deb nom olgan xayriya turniri o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, 1966 yilda tavallud topgan Azamat Abduraimov o‘z vaqtida Toshkentning «Paxtakor», Namanganning «Navbahor», Toshkent viloyatining «Do‘stlik» jamoalarida to‘p surgan. Shuningdek, Bangladesh, Malayziya, Hindiston, Saudiya Arabistoni chempionatlarida ishtirok etgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6478 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Munisa Rizayeva, Ravshan Ermatov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное