Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Real”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi, buni Zidan xohlamoqda


Zinedin Zidan mavsum oxirida “Real” tarkibi bilan jiddiy shug‘ullanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.

Madrid jamoasi “Portu” himoyachisi Militaoni sotib oldi, u yozda klub tarkibiga kelib qo‘shiladi. Ammo boshqa bir muammo paydo bo‘ldi — Rafael Varan klubdan ketishni o‘ylamoqda. Agar shunday bo‘lsa, “Qirollik klubi” o‘zgarishlar qilishi lozim. Shunga qaramay, fransiyalik markaziy himoyachiga ega bo‘lish istagida bo‘lgan istalgan klub ancha-muncha ter to‘kishi kerak bo‘ladi.

Zidan markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi: klub Mateo Kovachichni qaytarmoqchi emas, bundan tashqari fransiyalik mutaxassis Markos Lyorentega unchalik ishonch bildirmayapti. Shu sababli Madrid klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba va “Lion” a’zosi Tangi Ndombelega qiziqish bildirmoqda.

Iskoning “Real”dan ketishi istisno qilinmadi: birinchidan, u Madrid klubi rahbariyatining jahlini chiqardi. Ikkinchidan, esa o‘zining tartibsizligi bilan jamoadoshlari ishonchini yo‘qotdi. Agarda yaxshigina taklif tushsa, klub buni ko‘rib chiqishi mumkin.

Zidan “Real” hujum chizig‘idagi Top-futbolchilar bilan shartnoma tuzishini xohlamoqda. 46 yoshli mutaxassis uchun eng ajoyib variant — PSJ hujumchisi Kilian Mbappe. U yosh iqtidor egasini Madridga olib kelish niyatida, biroq mazkur transfer borasidagi muzokaralar hozircha muvaffaqiyatli amalga oshmayapti. Shuning uchun, klub “Chelsi” hujumchisi Eden Azar bilan shartnoma imzolashni ko‘zlamoqda. Aytgancha, “Real”ning Neymarga bo‘lgan qiziqishi hozirga kelib so‘nib bo‘lgan.

Garet Beyl borasida esa madridliklar futbolchini sotish bo‘yicha eng maqbul variantlarni ko‘rib chiqmoqda, bundan tashqari mazkaziy hujumchi ham qidirmoqda.

Avvalroq “Real” sport direktori Luka Yovich hamda Miralem Pyanichning agentlari bilan uchrashgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.



Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5713 | Рейтинг: 0| Рейтинг: real
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное