Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Real Madrid”ning O‘zbekistonga qachon kelishi aniq bo‘ldi


Joriy yilning iyun oyida “Real Madrid” klubi akademiyasi mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Ular O‘zbekistonda bir oyga yaqin vaqt davomida “qirollik klubi” akademiyasini tashkil etish, O‘zbekistondagi futbol maktablari va akademiyalarida ispan futboli metodikasi bo‘yicha ish olib borish, bolalar futboli murabbiylarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federatsiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov va “Real Madrid” klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekistonda “qirollik klubi”ning futbol maktabi ochilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Ushbu kelishuv bo‘yicha ish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyada “Real Madrid” akademiyasining rahbariyati bilan uchrashdi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi iste’dodli bolalarni “Real Madrid”ga olib borish, “qirollik klubi” tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” akademiyasi dunyoning eng kuchli va zamonaviy akademiyalaridan biri bo‘lib, uning hududi 50 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 1000 nafarga yaqin xodimlar ishlaydi. “Qirollik klubi” akademiyasi ayni paytda xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida ish olib bormoqda.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 11500 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Real Madrid
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
KaRiM_2929 O o o, yaxshi bulardi ln
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное