Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Reklama inson miyasiga qanday ta’sir qiladi?


Hech hisoblab ko‘rganmisiz, bir kunda internetdan necha soat foydalanasiz? 3 soatdan kam bo‘lmasa kerak?! O‘sha vaqt oralig‘ida miya kompyuter yoki smartfon ekranlaridan qanday axborotlarni qabul qiladi? Tabiiyki, miya faqat qidirish, yangiliklarni o‘qish, fotoalbomlarni varaqlash bilan band bo‘lmaydi. Ong matnga yo‘naltirilgunicha, ekran tepasi, pasti yoki yonlarida paydo bo‘ladigan surat yoki bannerlar biz istaymizmi, yo‘qmi baribir, ko‘z shox pardasiga muxrlanib qoladi va miyaga uzatiladi.

Fransuz tadqiqotchilari internet orqali tarqatiladigan reklamaning foydalanuvchilarga qanday ta’sir qilishini o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkazishdi. Ma’lum bo‘lishicha, reklamaning “aks sado”si inson miyasida 3 oygacha saqlanib qolarkan.

“Kosmetika, telefon, sovg‘alar, avtomobillar, “Bu yerni bos va bilib ol” kabi ko‘rsatkichlar – bularning hammasi miyaga joylashib olib, 3 oygacha saqlanadi. Shuning uchun ekranda paydo bo‘lib qolgan bunday reklamalarni darrov olib tashlash kerak”, – deydi, reklamaning inson ruhiyatiga ta’sirini o‘rganayotgan tadqiqotchilar guruhi rahbari Didye Kurbe.

Reklamaning inson ruhiyatiga ta’sirini o‘rganish maqsadida olimlar 400 nafar ko‘ngillida tadqiqot o‘tkazishdi. Ulardan internetdan nimanidir topib berishlari iltimos qilindi va ular vazifani bajarayotgan vaqtda tez-tez ekran chetiga turli reklamalar qo‘yib turishdi. Vazifani bajarib bo‘lishganidan keyin “Reklama qilingan mahsulotga e’tibor berdingizmi?”, degan so‘roqqa hamma ishtirokchi bir ovozdan “Yo‘q” deya javob qaytarishgan. Ulardan hech biri nima reklama qilinganini eslab ham qolmagan.

Olimlar oradan 7 kun o‘tgach, ikkinchi marta esa 1 oy o‘tgach o‘sha reklama qilingan mahsulotni ishtirokchilarga ko‘rsatishadi. Mahsulot haqida hali gap bo‘lmasdan turib, ishtirokchilar uni sotib olish istagini bildirishadi. Bu, aslida, mahsulot reklamasining ta’siri edi. Miyada u haqida avvaldan axborot mavjud edi. Bu mahsulotning xaridorgirligi 3 oydan keyin yanada oshgan. Shundan xulosa chiqarish mumkinki, reklamadan olingan axborot miyada 3 oydan ko‘proq saqlanadi.

Miyani ortiqcha yukdan ozod qilish uchung nima qilish kerak? Uni ortiqcha ma’lumotlardan asrash kerak-ku, axir. Axborotlar xuruji, shovqin, ranglar o‘yini miyaga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ruhiyatga ta’sir qiladi, vaqti-vaqti bilan o‘zi haqida eslatib turadi. Olimlar bu “yomon” holatdan saqlanish uchun miyani boshqarishni o‘rganish lozimligini aytishyapti. Miyani boshqarish, uni ishchan holatda saqlashga esa sharq meditasiyasi yaqindan yordam beradi, deyishmoqda ular.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 1948 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qanday ta’sir qiladi, inson miyasi, reklama
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное