Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya internet trafik nazoratini kuchaytirmoqchi

Rossiya aloqa va kommunikatsiyalar vazirligi Rossiya orqali internet trafikning o‘tishini davlat tomonidan nazorat qilinishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda "Vedomosti" gazetasi xabar bermoqda.
"Vazirlik "internet tarmog‘ining global adresatsiyasi va global identifikatorlari (DNS va IP-adreslar) zaxiralaridan foydalanishni" davlat monitoringi tizimini yaratishni taklif qilmoqda. Bu tizim runet infratuzilmasining kritik elementlari ishini kuzatishi kerak", deyilmoqda xabarda.
Bundan tashqari, qonun loyihasi xorijiy aloqa kanallari va trafik bilan almashish nuqtalarini ko‘proq nazorat qilinuvchi qilishni taklif qilmoqda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, "xalqaro aloqa kanallarini ma’lumotlarni transcheragaviy uzatishga ruxsati bo‘lgan operatorlar tashkillashtira oladi".
Shuningdek, operatorlarga maxsus davlat reestriga kiritilgan trafik bilan almashish nuqtalaridangina foydalanish majburiyatini qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Bir amaldorning gazetaga aytishicha, ushbu yangi qoidalar davlat hokimiyati organlariga internetning Rossiyaga tegishli segmenti qanday ishlashini tushunishlariga yordam beradi va "buning barchasi davlat runetni tashqi hujumlardan himoyalay olishi uchun kerak".


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3119 | Рейтинг: 0| Рейтинг: internet trafik, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное