Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya iqtisodiyoti og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda

2014 yilgi Ukraina voqealaridan so‘ng G‘arb Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiya e’lon qildi.  Bundan maqsad Moskvaning Kievga nisbatan munosabatini o‘zgartirish edi. 

Sanksiyalar asosan mamlakatning asosiy daromad manbalari bo‘lgan sohalariga va rublni kuchsizlantirishga qaratildi.

Sanksiyalar avvaliga uch oy muddatga kiritildi va Ukrainadagi vaziyatning yumshashi kuzatilsa, olib tashlanishi kerak edi.  Biroz vaqtdan so‘ng sanksiyalarning muddati yana uzaytirildi.

Rossiya ham G‘arb sanksiyasiga qarshi kontr-sanksiya kiritdi va bu birinchi navbatda Yevropa Ittifoqiga qaratildi.  Rossiyaning kontr-sanksiyalari Yevropaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari,  avtomobillari va boshqa mahsulotlariga qarshi yo‘naltirildi. 

Sanksiyalar kiritilgandan keyin o‘tgan davr mobaynida Rossiya iqtisodiyoti sezilarli zarar ko‘rdi.  Shu bilan birga,  2014 yildan beri neft narxining tushib borishi ham Rossiya iqtisodiyotiga zarba berdi.  Jahon banki tomonidan 2015 yil Rossiya iqtisodiyotining o‘sish darajasi 3.8 foizga tushishi mumkinligi taxmin qilingan edi. 2016 yilda esa 0.3 foiz darajasi kutilmoqda. Rossiya iqtisodiyotining yana bir muammosi xorijiy investisiyalarning kamayishi hisoblanadi.  Lekin, 2016 yilda tashqi  va ichki kredit resurslarining jalb etilishi natijasida investision talab biroz qondirilishi mumkin.

2000 yildan keyin Rossiyada qashshoqlik darajasi sezilarli  kamaygan.  Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra,  2001 yildan 2010 yilgacha qashshoqlik darajasi 40 foizdan 10 foizga kamaygan va o‘rta sinfning darajasi 30 foizdan 60 foizga ko‘paygan.  Lekin Jahon Bankiga ko‘ra,  qashshoqlik darajasi 2013 yilgi 10.8 foizdan 2016 yilda 14. 2 foizga ko‘tarilishi mumkin. 

2015 yilda Rossiya fuqarolarining xarajatlari ularning daromadlaridan  so‘nggi 17 yil ichida birinchi marotaba oshib ketdi.  Bu haqda Rosstat ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra,  fuqarolarning xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi umumiy miqdor 420 milliard rublni tashkil etgan.  2014 yilda iste’mol darajasining rekord o‘sishiga qaramasdan,  fuqarolarning xarajatlari va daromadlari ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan, bu 76  milliard rublni tashkil etadi.  Bunga oylik maoshlarning muntazam ko‘tarilib borilmagani ham sabab bo‘lishi mumkin.  Chunki davlat byudjeti hozirda bunday islohotlarni o‘tkazishga qodir emas.

Su-24 voqeasidan keyin Rossiya-Turkiya munosabatlarning yomonlashuvi va Rossiyaning Turkiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qilgani Rossiyaning iqtisodiyotiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
 
2015 yil holatiga ko‘ra,  Turkiya ko‘lami jihatidan Rossiya savdo hamkorlari ichida beshinchi o‘rinda edi.  2014 yilgi Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi esa 44 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.  Bundan tashqari,  Turkiya Rossiya gazi uchun Germaniyadan keyingi ikkinchi katta bozor hisoblanar edi.

Rossiya davlatining olib borayotgan siyosati birinchi navbatda uning xalqi foydasiga ishlashi kerak.  Kiritilayotgan sanksiyalar va qabul qilinayotgan qarorlar uzoq muddatda rossiyaliklarning manfaati uchun xizmat qilarmikin?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda “Islohotlar – islohot uchun emas,  islohotlar – avvalo inson va uning manfaatlari uchun” xizmat qilishi kerak.
Sulaymonov Ruslan


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3871 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное