Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qo‘shnisini ayovsiz qiynab o‘ldirdi


Aybdor 4 yil davomida yotoqxonadagi qo‘shnisi, 53 yoshli asli Obninsk shahri fuqarosi bilan ichkilik ichishni odat qilgan. Avgust oyida bir kun o‘zbekistonlik qo‘shnisi bolta muhrasi bilan urayotgani uchun uyg‘onib ketgan. Keyin tura solib, qo‘shnisining qo‘lidan boltani olgan va hujumga o‘tgan. Ayblanuvchi dastlab qo‘shnisini bolta muhrasi bilan urgan, keyin qo‘liga pichoq olib, tanasining turli qismlariga 40 marta zarba bergan. Shundan so‘ng, dazmol bilan jabrlanuvchini kuydirgan.

O‘zining harakatlari bilan ayblanuvchi jabrlanuvchining bir nechta joyida jarohat, yorilib ketish, keng ko‘lamli jarohatlar yuzaga kelishiga, suyaklarining sinishi, 2-3-darajali kuyishiga sabab bo‘lgan. Jiddiy jismoniy og‘riq tufayli jabrlanuvchi Obninskdagi kasalxonada vafot etgan.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va sud aybdorni 14 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4377 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston fuqarosi, ayovsiz, Rossiya, qiynab o‘ldirdi, qo‘shnisi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное