Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rossiyaga aviaparvozlar sentyabrda tiklanishi mumkin

O‘zbekistonda joriy yilning sentabr oyidan boshlab Rossiyaga aviaparvozlar tiklanishi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliev ma’lum qildi.

“Rossiyaga aviaparvozlar sentabr oyida tiklanishi ham mumkin. Biroq tushunish kerakki, biz ikki oy davomida karantin joriy etdik. Keyin choralar yumshatildi. Natijada kasallikni yuqtirish holatlari oshib ketdi va biz 15 avgustga qadar navbatdagi karantinni joriy etishga majbur bo‘ldik. 15 avgustdan so‘ng karantin cheklovlari bir muncha yumshatildi va 5 sentyabrdan yana bir qancha faoliyat turlari tiklandi”, dedi Bahodir Yusupaliev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlar kabi O‘zbekiston ham maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ochmoqda. Respublikadagi keyingi vaziyatni baholash uchun biroz vaqt kerak. Kasallanish holatlari kamaysa, bu aviaparvozlarni tiklash uchun imkon beradi.
Avvalroq agentlik direktori O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni mart oyida to‘xtatgan edi.
Ahrorbek Hayrullaev


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5470 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiya, sentyabr, aviaparvozlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное