Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Saida Mirziyoeva: «Prezidentning qizi bo‘lish — imtiyoz emas…


Bugun, 2 fevral kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining ochilish marosimida bo‘lib o‘tdi.

Unda fondning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoeva O‘zbekistonda so‘z erkinligiga asos yaratilayotgani haqida gapirdi.

«O‘z ishining professionallarini birlashtirish vaqti keldi. Ularga mass-mediadagi muammolar ma’lum. Mazkur fond shu muammolarni bartaraf etish va oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Prezidentning qizi bo‘lish — imtiyoz emas, ulkan mas’uliyat. Men buni yaxshi anglayman. Faoliyatim davomida ko‘p bora meni tanqidiy taqqoslash harakatlarini kuzatdim. Men mas’uliyatni chuqur his qilyapman va jamoatchilikka foyda keltirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman», dedi Saida Mirziyoeva.

Shuningdek u, jurnalist va blogerlarga xalqning ovozi bo‘lishlarini, bu yo‘lda qo‘rqmasliklarini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda AOKA direktori v.b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoeva ishdan ketgani xabar qilingandi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmasidan, ushbu tandem yangi tashkil etilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida ish boshlashgani ma’lum bo‘lgandi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2301 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Saida Mirziyoeva, Prezident
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное