Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundterck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Pazanda - Sad Love
. TisMarHan-soundtreck
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqandda kelin qaynonasini so‘yib, jasadini kanalga uloqtirdi

Joriy yilning 24 iyun kuni Samarqand shahrida yashovchi M. shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, unda onasi X. 2018 yil 14 iyundan buyon bedarak yo‘qolganligini bildirib, uni topishda yordam so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2018 yil 24 iyun kuni soat 23:00 larda X. ning jasadi shahardagi Yangiobod mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Siyob” kanalidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida marhuma X. ning kelini Sh. aybini bo‘yniga olish haqidagi iqrornomasiga ko‘ra, 2018 yil 14 iyun kuni soat 16:00 larda qaynonasi X. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro maishiy kelishmovchilik natijasida uyida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qaynonasi X.ga bir necha og‘ir jarohatlar yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan va murdani polietilen paket va gilamga o‘rab, voyaga yetmagan o‘g‘li A. yordamida uyining yerto‘lasiga olib tushib, jasadni yashirgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Shundan so‘ng, 2018 yil 19 iyun kuni Sh. sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida, jinoyatga aloqador bo‘lgan oshxona pichog‘i va ko‘rpachalarni Samarqand shahri hududidan oqib o‘tuvchi “Siyob” kanaliga tashlab yuborgan. Ertasi kuni 20 iyun X. ning jasadini ham ikki dona gilamga o‘rab, voyaga yetmagan o‘g‘li A. yordamida shu kanalga tashlab yuborgan.

2018 yil 25 iyunda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10266 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: so‘yib, jasad, kanalga uloqtirdi, Kelin, Qaynona, Samarqand
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
kirov2003 sal shoshilibsizlar tergov ishi tugagandan song aniq qilib yoziw kerak edi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное