Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Jumong-soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

San’at va din. Ketmoq yo maqtanmoq? Qochmoq yo kurashmoq?


Tanganing birinchi tarafi:

Ijodkor san’atni tark etsa xam o‘zidagi san’atdan keta olmas ekan!

Bunga yillar davomidagi kuzatishlarim sabab amin bo‘lmoqdaman.

 

“San’atni tark etdim”- deya tog‘u toshlarga tarki dunyo qilsa xam, o‘sha yerdan turib selfi qilib “suratimni ommaga ko‘rsatsam”- deydigan darajada tuzi og‘ir bu san’atni go‘yo. Bir mashxurlikni sezgan insondagi u tuyg‘uning xumori bilan kurashish imkonsizdek.

http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1125/pokazuha-7-.jpg

Mana shunday ziddiyatlar o‘ylantiradi... San’at olamidan musiqa xarom va suratga tushib uni tarqatish mumkin emas deb bilib Islom diniga berilgan insonlar vaqt o‘tib o‘zini Islom ilmiga berilgani xaqida foto va video bilan oshkora ovoza qilishi bu ijobiy targ‘ibotmikan yo o‘sha mashxurlik xumori xissi bilan aslida kurashib yenga olmagani dalolatimikan?-degan fikrlar tug‘iladi. Bu esa ularni o‘zlariga beradigan savoli. Qiziq, nima javob olisharkin o‘zlaridan?

 

Bilasizmi, targ‘ibotsiz natijaga erishib bo‘lmas xayriya turi bo‘lgan #faxrliinson orqali qon topshirish va moddiy xayriyani ovozasini maqtanishdek baxolaydigan Islomdan bexabar yoki chalamullalar xaliyam izoxlarda uchrab turadi. Vaxolanki Qur’oni Karimning Baqara surasida oshkora va yashirin savob xaqida keltirilgan bo‘lib, boshqalar o‘rnak olsin deya oshkorasi yaxshiroq deya talqin etilgani ko‘rsatilgan.

http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1120/baqara.jpghttp://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1120/tanbehulGofilin.jpg

 

Shu o‘rinda savol bor... jamiyat foydasi uchun qilinayotgan shu loyixa ovozasi oldida o‘zi uchun tanlangan yo‘lni “Men Islom ilmini o‘rganish uchun san’atni tark etdim” deb foto va videoda oshkor qilinsa bu xam targ‘ibotmikan? Shunchaki yaxshi tarafini xam ko‘rgim kelyapti-da!

Asosiysi niyat!-deyiladi Islom xikmatida... Shu uchunam kurashish qiyin bo‘lgan mashxurlik xissi-xumori boshqarmayotgan bo‘lsa boshqa gap. Foto va video ovozalari negizida yaxshilikka targ‘ibot niyati bo‘lsin ishqilib deysiz.

 

Islom dinining ko‘rinishidagi asosiy muammolardan biri bu din va o‘ranganlikni niqob qilish bo‘lib ketgan davr xozir... Kunda kunora xijobga xo‘jako‘rsinga kirib na namozni ado qilishi va na xijob qoidalariga amal qilishni bilmaganlarni xatti xarakatlariyu o‘zlarini tutishlari aslida o‘ranganlik niyatini sezdirib qo‘yishi sir bo‘lmay qolgan. Ayniqsa ikkinchi xotin bo‘lish uchun usul qilib olingani ko‘pchilikka ayon. Rosti, kunda kunora eshitadigan mavzu shu. Ayniqsa taksichilik qilayotgan xaydovchilarni aytib beradigan voqealaridan xayratlanaman.

http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1125/pokazuha-11-.jpg http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1125/pokazuha-10-.jpg

Xijobdaman deydiyu chaplanib bo‘yanadi, yaltir-yultur ro‘mollarga o‘ranadi va kamiga tor shimlarda...bu o‘ranganlik va xijob emasku axir... xuddi “Men Islom ilmiga berildim”- deb o‘zini reklama qila boshlayotgan ayrim san’at vakillaridek. Soqol qo‘yganu o‘zi kamera oldida maqtanyapti... achinarli ko‘rinish ochig‘i... Islomga kirishini xam shouga aylantirib o‘z saxifasida “xayr shou-biznes” deb intriga boshlaydiyu, sababini so‘rasang “mayli sir bo‘laqolsin” deb intrigani davomlaydi, lekin nega bo‘lmasa yozasan saxifangga galvars desang esa tabiiyki xafa bo‘ladi. Biroz o‘tib , intriga vaqtini cho‘zib turib shartta soqol qo‘yib ko‘rinib “Men Islom ilmini tanladim , san’atdan ketaman”- deb videolavxa chiqaradi... o‘yin bo‘lib qolgandek xammasi... Xudbinlik yo‘lidagi xudbinlikni namoyishi.

http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1125/pokazuha-2-.jpg

 

Dunyoni larzaga solayotgan qabixliklardan yuqorida aytganimdek dinni niqob qilish natijasida Islomdan Yevropaliklar xadikadigan bo‘lib qolgan . Buni so‘nggi chiqayotgan filmlarda xam ko‘rsatishyapti. Ayniqsa samolyotda o‘tirgan soqolli kishi yoki xijobdagi ayolllarga xavf bilan qarashlari esa bir-bir yangiliklarda xam jaranglab turadi. O‘zimizni musulmon jamiyatimizga bir nazar solsak, o‘sha aytganimdek, asosan er topay deb ro‘molga o‘ranganlar kasriga pokiza niyat bilan xijobga kirayotganlarga xam barobar xadik bilan qaraladigan bo‘lib qolyapti. Afsus, lekin o‘sha o‘ranganlarni sof niyatligisi judayam judayam kam-da!

Endi navbat erkaklarga kelyaptgandek. Xo‘jako‘rsinlik qursin.

http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1125/pokazuha-8-.jpg

Bu borada shou-biznes deganni ichida bo‘lgan, reklama va piar, mashxurlik xissini tuyganlar o‘sha xumor bilan kurasha olmasligi aslida tanlagan yo‘lidagi asosiy mag‘lubiyati bo‘lsa kerak. Zero, aynan o‘sha xissiyotni avvalo yenga olishi kerakmikan...Ketdingmi jim ket, bo‘ldi ko‘rinma, nima kerak bundan xam shou qilib?

http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1125/pokazuha-12-.jpg

Buni o‘taketgan ayyorlik bilan past darajadagi boshqacha turlari xam mavjud: Balki o‘zini ijodkor sifatida “emay” qolganidanmi yoki xalq oldida qarsak va maqtov olishni eng oson yo‘li bu islomiy satrlaru islomiy suratlarni qo‘yib ommaga o‘ynab berish - bu xammasi faqat gapida, yozuvida...Amalidachi?, qilayotgan ishlarida yoki shunchaki xayotda shaxs sifatida qarasangiz....Muxlislar va obunachilarni esa 90 foizi ularni xayotda bilmaydi va farishtadek obraziga ishonib suyadi. Xalq mexridan soxta foydalanib soxta obru topayotganlarga xam achinasan... Bu nafaqat san’at olamida balki xalqda xam o‘sha o‘ranganiyu boshiga do‘ppisini mixlab olganlarni ayrimlarini tilidan Islomiy satrlar tushmay odamlarni mexrini “kinnalab” yuradigan salkam “otin” va salkam “so‘fi”larni bir chetdan kuzatsangiz farz amallaridan birortasini bajarmaydi. Namoz xam o‘qimaydi. O‘zi uchun bu albatta, biroq o‘zidan islom peshvosini “yasab” reklama qilib yurishi to‘g‘rimi?

http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1125/pokazuha-13-.jpg

Mayli , xozir bu xaqida emas, xamma o‘z niyatiga qarab olaverar, ommani aldagani bilan o‘zini va ayniqsa Alloxni alday olmas, xozir san’atdagi din o‘rni xaqida fikr yuritar ekanmiz, masalaning boshqa tarafiga xam qarasak.

Tanganing ikkinchi tarafi:

Ijodkor san’atni tark etsa xam o‘zidagi san’atdan keta olmaydigandek... balki! Bekorgamasdir?

Muximi u san’ati to‘la to‘kis yaxshilikka xizmat qila olishi bo‘lsa-chi?

http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1125/pokazuha-6-.jpg

Kimdir ijodni tark etib faqat o‘zi uchun to‘g‘ri yo‘ldaman deb bilarkan, bu balki savob va jamiyat oldidagi xudbinlik, kim esa ijodda bo‘lib san’ati orqali jamiyatga yaxshilik ulasha olarkan. Bu esa balki ikki karra savobni egasi bo‘lmoqlik, ya’ni o‘ziga xam va boshqalarga xam savobga erishish uchun imkon bera olishdek ortidan qancha odamni ergashtira olsa. Maxorati bo‘lsagina ergashtira oladi, demak maxorat deb atalgan iste’dod xam Allox tarafidan bejiz berilmasa kerak?

 

San’atkor mashxurligi ortidan keng omma ko‘z o‘ngida ekan unga qanday ta’sir o‘tkazish o‘ziga bog‘liq. Unda shu ta’sir kuchidek qurol yo uskuna mavjud! Kerakli va go‘zal satrlar, namuna bo‘ladigan xarakatlar, obrazlar, tarbiyaviy rollar deymizmi...

Mana misol uchun Sami Yusufni oling. Uni sof auditoriyasi aynan islomiy insonlar dersiz, to‘g‘ri biroq, ibratli so‘zlari barcha auditoriya tili bo‘lgan - musiqa orqali xammaga birdek singdirilmoqda! Bu degani esa xamma auditoriyaga! Shu uchunam u dunyo miqyosida taniqli va xurmatga sazovor ijodkor! Unga shunchaki artist qo‘llanmasi yaramaydi. U o‘z iste’dodidan Allox yo‘lida yaxshilik uchun va Islom diniga xissa qo‘shib kelmoqda.

 

Uslub! Usul! Niyat va natija! Insonga ong bejiz berilmaganku. Ishlatish uchun! Ikki yo‘l tanlovidagi muxim omil bu ongni ishlatmoq, berilgan sinovni to‘g‘ri tushuna olmoq, qabul qilmoq yo u bilan kurashmoq. Bunda esa farqlay bilish: qo‘lingdagi qurolmi yo u qurol va xam uskuna bo‘la olishi mumkin bo‘lgan xamda sinovga berilgan noyob xislatmi?

 

Nafsga aloqador deylik, raqsdagi xarakatlar bilan shaxvat uyg‘otuvchi , ishqiy so‘zlar, musiqadagi ritm va effektlardan fikrlarda shaxvatga yo‘nalgan illyuziyalardan qochish bor ammo o‘sha inson shu tushunchalarga tayangan xolda san’atdan ketgani bilan, san’atda bo‘sh o‘rin bo‘lmasligi va bu jarayon tugamasligini anglab, ijodda unga Allox tarafidan berilgan xislati orqali o‘sha nafs omillarini bo‘g‘ish uchun maxoratidan uskunadek foydalanmoq xam bor. Xuddi Sami Yusufdek. Qay biri muxim asli tanlangan va to‘g‘ri yo‘l deb bilinganida? Senga shu xislat berilgan va sen xislatdanam shu joydanam ketyapsan...

 

Doniyor Fayzni olaylik, u mashxurligidan qisman foydalangandek. Ya’ni nomi bor, chexra tanish va qarabsizki yillar o‘tib u qori sifatida namoyon bo‘lib telegramda kanal ochdi xamda ishoning, bugungi kunda u jamiyki tanish qorilarimizdan mashxurroq bo‘lmoqda. Namoyon bo‘lganini o‘zidayoq katta shov-shuvga sabab bo‘lib OAVda muxokama qilindi. Demakki u o‘sha yillar mobaynida unga keltirgan mashxurligidan unumli foydalanmoqda. Biroq u ketar chog‘i bu xaqida aytmadi xam reklama xam qilmadi, ketganidan keyin 7 yil o‘tib menga bergan so‘nggi intervyusida xam  u din mavzusini umuman aralashtirmadi. Yillar o‘tib u qori sifatida namoyon bo‘lganida u o‘z amallari bilan dinga qanday xissa qo‘shayotanini isbotlamoqda xolos.

Qaydam, balki san’atkorga berilgan xalqqa singdira olish xislati bilan birga aynan shu san’at olamidagi buzuq fikrlarga undovchi boshqa illatlardan tozalash uchun xam ayrimlari ijodiy askardek yuqoridan tanlanar? Va undan to‘g‘ri foydalanishni bilmay kimlardir shartta tark etyotgandir? Biz ko‘p narsalarni bilmaymiz, ko‘p narsalarni xikmati ostidagi mexanizmlar siri va xokazo...

Bilasizmi, san’at olamidagi ijodiy kurashdan o‘zgasi ijodkorlarga ta’sir etmaydi. Na tanqid va na zapret! Faqatgina raqobat va maxorat bilan san’at axlini qiziqtirish yo yo‘naltirish mumkindek. Qurolsizlantirish xam demak. Va mana shu san’at axlini qaysidir qismini diliga diniy ilm jo qilingani tubida aslida bir xikmat yotar? San’atdan qochish emas, aslida u xislatidan maxorat bilan foydalanib shu yerdagi vaziyatga ijobiy o‘rni bilan tarozini teng ushlashga va balki mutlaq tozalash uchun berilgan nishonadir?

Yaratuvchilik Alloxga xos, ixtiro va tayyorlay olishdek xislat xammaga xam berilavermaydi va buning xikmati nimada ekan? Shu ozchilikka beriladigan xislat naxotki sinovi u bilan kurashmoq va qochish?!Balki undan foydalanish uchunam xammaga berilmagan noyob xislatdir? Men xozir aniq san’atdan xislati maxoratli bo‘lganlarni nazarda tutyapman, kunda kunora chiqayotgan biznes, er topish, jazman sog‘ish, boy yashash, xoyu xavas va xokazo uchun kompyuterni kuylatayotganlarni emas! Qalb va vujudi bilan san’atni xis qilib unga o‘zini qaramdek sezadiganlarni nazarda tutyapman.

Axir insonga berilgan xislatlar Alloxdan va bekorga shunchaki emasku. Ong asli ishlatish uchun. Shu bilanam inson xayvondan farqlab qo‘yilgan. Aqlku xayvonda xam bor. Ovozniku aytmasa xam bo‘lar...

Iqtidorni sinov uchun deb talqin etib u bilan darrov kurashib emas balki uni yaxshilikka tadbiq eta olish xam bir maxoratmikan? Siyqasi chiqqan oddiy elementar so‘zlar: Pichoq bilan so‘yish xam mumkin, pichoq bilan taom xam tayyorlash mumkin.

http://sayyod.com/JUMANJIMP3/7/73/1125/pokazuha-1-.png

Ziddiyatlar esa xamma narsada bor aslida! Shu Islomda xam chuqurlashish mumkinmas deyilgan, chuqurlashgan sari ziddiyatlaram savolaram ko‘payaveradi. Bu xamma yerda bor narsa.

Tanlagan yo‘limiz aslida to‘g‘rimi yo‘qmi xechqachon aniq to‘la amin bo‘lib ayta olmaydigan yolg‘on dunyo sinovlaridamiz barimiz. Shunchaki ikki yo‘l...va undan birini tanlashdagi niyatga bari bog‘liq. Asosiy negizi xam yechimi xam shu niyat!

Allox bilguvchi!

Xullas, san’at va din masalasida shaxsiy va balki sub’ektiv fikrlarim bilan bo‘lishar ekanman imkon qadar mavzuning ikki tarafini xam taxlil etishga xarakat qildim. Xulosa o‘zingizdan.



Manba:sayyod.com
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3948 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ketmoq, Yo, maqtanmoq, san’at, din, Qochmoq yo kurashmoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное