Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Madaniyat, san’at va sport fidoyilari rag‘batlantirildi!

Bugun Vatan ravnaqiga o‘z fidoyi mehnatlari bilan hissa qo‘shish istagidagi yurtdoshlarimiz talay. Bunday ulkan salohiyat madaniyat, san’at va sport sohasida tinmay ijod qilayotgan, o‘z vazifasini yurakdan ado etayotgan soha vakillari hayotida ko‘zga tashlanadi. Ularni rag‘batlantirish, mamlakatimiz istiqboli, dunyo uzra dong taratishi uchun yanada ruhlantirish bobida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tarixida ilk bor yuksak saviyadagi tadbir tashkil etildi.
Mustaqillik ulashayotgan keng imkoniyatlar ko‘plab ijodkorlar va sportchilarimizning o‘zlarini emin-erkin namoyon etishlari uchun katta kuch bo‘lmoqda. Xalq ma’naviyatiga, madaniyatiga ulkan ulush bo‘luvchi ijod namunalari yaratilayotgani, sportchilarimiz g‘ayrati va shijoati ila baland marralarni zabt etayotgani buning yaqqol dalilidir.
Yil yakunlariga bag‘ishlangan madaniy-musiqiy tadbirda sohada o‘zining samarali mehnati bilan el koriga yarayotgan qator vatondoshlarimiz vazirlikning maxsus diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda nutq so‘zlagan madaniyat va sport ishlari v.v.b Bahodir Ahmedov madaniyat, san’at va sport sohasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani va 2015 yilda sohada oldinga qo‘yilgan aniq maqsadlar va yangi g‘oyalar haqida alohida to‘xtaldi.
Yosh, intiluvchan, tashabbuskor va o‘z kasbining fidoiysi bo‘lgan rahbar dunyo sahnida yurt sha’nini munosib himoya qilayotgan san’at va sport ahlini vatanparvarlik hamda yurtga sadoqat g‘oyasi ila yanada jipslashishga va yurt bayrog‘ini baland ko‘tarishga chorladi.      
Ushbu tadbirning eng e’tiborga molik jihati shunda bo‘ldiki, taqdirlanganlar safidan nafaqat mashhur xonanda va kinoijodkorlar o‘rin oldi, balki, bir necha yillar astoydil mehnat qilib, e’tibordan chetda qolgan milliy orkestr vakillari ham alohida hurmat bilan e’tirof etildi. Bu esa joriy yil -  “Keksalarni qadrlash” yiliga sohadagi ahamiyatli birinchi qadamdir!  
“So‘g‘diyona” kamer orkestri sozandasi Nasriddin Ro‘ziev, “O‘zbekiston yoshlari” kamer orkestri sozandasi Liliya Shaybakova faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlangani yuqoridagi fikrlarga yaqqol dalildir.
“O‘zbeksirk” respublika birlashmasi bosh rejissyori Rustam Xametov,  O‘zbekiston ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, O‘zbekiston Xalq artisti Qodir Mo‘minov, O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi baletmeysteri Gulnora Qahhorova va boshqalar;
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandalari Ziyoda Qobulova, Shohruh Yo‘ldoshev, Zilola Musayeva, Ulug‘bek Rahmatullaev, kinoaktyor Karim Mirxodiev, sport sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Gimnastika bo‘yicha ROSMM sportchisi Oksana Chusoyitina, Taekvando VTF bo‘yicha terma jamoa a’zosi Umida Abdullayeva kabi qator yurtdoshlarimiz maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Barcha taqdirlanganlar uchun musiqiy dastur ham taqdim etildi. Qorbobo va qorqiz ham tashrif buyurdi!  
Samarali mehnat e’zozlanishi kelgusida yangi ilhom ulashishi tabiiy! Bu ilhomlanish esa yanada yonib yashash uchun, go‘zal va betakror Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida bor vujud ila mehnat qilishga katta kuch bo‘lajak! Madaniyat, san’at va sport yo‘lida o‘rnak bo‘layotgan barcha fidoyilarga yangi zafarlar tilab qolamiz!
Jasur HAMROYEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4220 | Рейтинг: 0| Рейтинг: fidoyilari, san’at, Madaniyat, Sport
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное