Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Server Jeparov “Sport” telekanalidan ranjidi

27-aprel kuni O‘zbekiston milliy chempionatining 6-turida “Lokomotiv” jamoasi o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
O‘ziga xos “Toshkent derbisi” maqomidagi mazkur o‘yin ko‘pchilik muxlislarni qiziqtirgani tabiiy. Biroq O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali mazkur uchrashuvni jonli efirda namoyish qilmadi.
Noma’lum sabablarga ko‘ra, mazkur o‘yin faqatgina kechqurun soat 21:55 dan boshlab yozib olingan holda efirga uzatildi. Bu holatga ko‘pchilik muxlislar qatori O‘zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“‘Lokomotiv’ va ‘Paxtakor’ o‘rtasidagi o‘yinni jonli efirda tomosha qilmoqchi edim. Yaqinda terma jamoa yig‘inlari boshlanadi, Jahon chempionati saralashida qatnashamiz. Bu klub tarkibida termaga nomzod ko‘plab futbolchilar to‘p suradi. Afsuski, ‘Sport’ kanalimiz buning o‘rniga Germaniya chempionati uchrashuvini namoyish etdi. Hisobga qaraganda, o‘yin qiziqarli kechgani aniq”, – deb yozadi Jeparov o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Manba:daryo.uz


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 6414 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Server Jeparov, Sport
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
90013 Yaxwi iw bömagan germaniya cempianati nega kere betta derbi bövotkanda
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное