Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sardor Rahimxondan kutilmagan yangiliklar shodasi

Estradamizning yorqin yulduzlaridan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon joriy yilda samarali ijod qilib, ketma-ket taronalar taqdim etib kelmoqda. Xonandaning har bir ijod mahsuli deyarli xit darajasiga ko‘tarilib, tinglovchilarning bugungi kundagi eng sevimli va talabgor qo‘shiqlariga aylanib kelmoqda. Musiqiy asarlarga monand yaratilayotgan videokliplarining biri qalbni o‘rtasa, boshqasi kayfiyatni ko‘taradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Sardor Rahimxonning “Azizam” taronasiga ishlangan videoklipi tez kunda taqdim etiladi. ““Bebahoginam” nomli yangi tarona ham yozdim. Bu kompozisiyaning so‘zi Begzod Yusufga tegishli. Musiqasi esa Ahmad Hojimatov tomonidan bastalangan. Mazkur musiqiy asar juda ham romantik bo‘lib, bir so‘z bilan muhabbat taronasi deyish mumkin.”- deydi xonanda Sardor Rahimxon.

Bu hali emas. “Bebahoginam” qo‘shig‘iga klipmeyker Dilmurod Agzamov rejissyorligida videoklip ham suratga olinmoqda. Qolaversa, xonandaning yangi “Sanamjon” nomli albomi sotuvga chiqadi. Shu bilan birga, sardorrahimxon.com manzilidagi rasmiy sayti ham tez kunda ishga tushadi.

Biz Sardor Rahimxonning ijodiy faoliyatiga omad tilagan holda mana shunday kutilmagan yangiliklarni kutib qolamiz.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4757 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sardor Rahimxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное