Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Sarvqomat dilbarim" filmining premerasi bo‘lib o‘tdi


Mashxur adib Chingiz Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" nomli qissasi asosida O‘zbek hamda Qirg‘iz kino ijodkorlari hamkorlikda yangi film suratga olishdi.

“Sarvqomat dilbarim” nomli mazkur filmga bag‘ishlangan matbuot anjumani va film taqdimoti Alisher Navoiy kinosaroyida o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida taniqli va yosh kinoijodkorlar, rejissyorlar, kinoshunoslar, Qirg‘izistondan tashrif buyurgan kinoijodkorlar, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, OAV xodimlari, teleradio, internet jurnalistlari hamda mustaqil bloggerlar ishtirok etishdi. Kartina ijodkorlari shu kuni jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga yuzma-yuz turib javob berdilar.

Shu kuni taqdimot marosimi chinakam do‘stlik bayramiga aylanib ketdi. O‘zbekiston Respublikasidagi Qirg‘iz madaniy markazi tomonidan tashkil etilgan qirg‘iz hunarmandchilik ko‘rgazmasi taqdimotga tashrif buyurgan san’at ahliga katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek taqdimotdan oldin ijro etilgan qirg‘iz va o‘zbek tillaridagi kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.

"Sarvqomat dilbarim" filmining ijodkorlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, rejissyor Sarvar Karimov. Tasvirchi Izzatilla Lutfullaev. Bosh rollarda Adiz Rajabov, Ulug‘bek Qodirov, Madina Talipbek, Elina Abay qizi, Nigora Karimboyeva, Matyoqub Matchonov va boshqalar ishtirok etishgan.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3938 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sarvqomat dilbarim, kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное