Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - The Sound of Love
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. TisMarHan-soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Klon-soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Kuz ertagi-soundtreck
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali haqida

Jahon kinosida biz asosan kareya ijodkorlari tomonidan suratga olingan seriallarni sevib tomosha qilib kelamiz. Bundan tashqari, Turk va xind seriallari ham vaqti-vaqti bilan TV larda nomoish etib kelinadi. Jassi, Parijdagi muxabbat, Ramayana kabi filmlar shular jumlasidandir. Yaqin bir oy mobaynida Yoshlar teleradiokanali tomonidan O'zbek tiliga o'g'rilib namoyish etib kelinayotan "Senga Oshiqman" seriali ham Xindiston kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan. Ushbu film juda qisqa muddat ichida ommalashib ketdi. Hozirda har 3 ta insondan 2 tasi shu filmni sevim tomosha qilmoqda. Qizlarimiz serialdagi Ranvir obrizini yaratgan yigitning suratlarini o'z saxiflariga yuklab borishmoqda. Bu albatta kino ijodkorlarining yutug'i. Saytimizga ham bu film haqida yoritishimizni so'rab juda ko'plab maktublar kela boshladi. Mana bugun film haqida, uni suratga olish ishlariyu, namoyishining tugashi haqida qisqacha siz bilan sirlashamiz...


Senga Oshiqman, film haqida:

Ushbu serial, muxabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurash haqida hikoya qiladi. Unda umum insoniy qadiryatlarni har qanday moddiy boylikdan ustunligi tarannum etiladi,
Bu film 2013 yildan boshlab suratga olingan, 2014 yilning 24-iyulida o'z namoyishini boshlagan edi. (Xindistonda) Ushbu serial hozirgi kunda ham namoyish etib kelinmoqda. Barchangizga ma'lum bo'lgan Turk kino ijodkorlari tomonidan ishlangan Kurtlar Vadisi Pusi filmi ham haligacha suratga olinib, har haftada bir marotaba namoyish etiladi. Senga oshiqman xind seriali ham huddi shu kabi hali suratga olish yakunlanmagan, uni haligacha Xindiston Tv kanalidagi namoyishi tugamagan, shu boisdan film yakuni haqida hali hech qanday aniq ma'lumot yo'q.
Filmni bugungi kunga qadar 200 dan ziyod qismi Xindistonda namoyish etilgan. Bizning Yoshlar teleradiokanalimizda esa bu filmning hozirda 60 qismidan ziyodi namoyish etildi. Demak hali oldinda ancha kun va oylar bor. Qiziq shu 140 qismda qanday voqealar rivoji sodir bo'lar ekan.
 
Ushbu film ajoyib aktiyorlar tanlovi, yorqin tasviriy yechim, o'ziga hos rejissura, qiziqarli voqealar tizimiga ega ekanligi bilan e'tiborga loyiqdir. Zero har bir qism tugashi bilan uning navbatdagi qismi qanday bo'lishiga qiziqish juda ham yuqori bo'ladi. Filmdagi qahramonlarning taqdiridagi jiddiy o'zgarishlar tomoshabinni o'ziga jalb etmay qolmaydi. Hususan Ranvir va Ishanining o'tli muxabbat voqeasi, bu muxabbatga to'sqinlik qiluvchi boy honadon ziddiyatlari bunga misoldir. Aynan Ranvir Ishani juftligini ijro etgan juftliklar Shakti Arora va Radhika Madan muaffaqqiyatli juftlik sifatida kino ijodkorlar tomonidan e'tirof etilgan. Ushbu qahramonlar haqida avvalroq saytimizda yoritgan edik.

(RANVIR VA ISHANI HAYOTI HAQIDA BILISH
)
[manba]

Senga oshiqman filmi Xindiston kino ijodkorlari tomonidan eng omadli eng yaxshi kino serial deya e'tirof etilgan.
 
Badavlat oilaning go'zal qiziga ishqi tushgan, o'zi esa shu oilada oddiy haydovchi bo'lib faoliyat yurituvchi insonning sodda o'g'li Ranvir yoshligidan juda beg'ibor bo'ladi. U ilk bor Ishanini ko'rganidayoq unga mexri tushib qoladi. Ishanini bu oilada ayrimlar yoqtirmasdi, ammo yillar o'tib Ranvir uning eng yaqin do'sti, sirdoshi va maslatgo'yiga aylanadi. Hayotda oldiga qo'ygan maqsad sari dadil harakat qilishini ko'rgan uning xo'jayni (ya'ni Ishanining otasi) unga munosib ta'lim olishida yordam beradi, borib-borib u shu insonning eng ishongan hizmatchisiga aylanadi. Bu harakatchan, intiluvchan, yeqilsa ham, qoqilsa ham yana o'rnidan turib yurishda davom etadigan bu yigitning yuqori matonatiga tan berdim to'g'risi.
 
Hozircha sizlarga aytmoqchi bo'lganlarimiz shular, yana yangiliklar bo'lsa, sizlar bilan o'rtoqlashaman. Bizni kuzatishda davom eting...

Umidjon tayyorladi

 Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, va belgilangan qonunlar asosida javobgarlikka tortiladilar...


Manba:Tarona.net
Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 95903 | Комментарии: 21 | Рейтинг: 6| Рейтинг: Senga Oshiqman haqida, Senga Oshiqman
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 211 2 »
tadjikistan ishani ishqibozlariga alangalik salomlar
Like | 0
guli7077 Malumotla ucun kotta rahmat admin iloji bõsa keyngi qdmlariniyam yozb borila ijodilaga omad kottakon rahmat!!!!
Like | 0
aygul0303 zor gap yoq
Like | 0
shirin20 Mayli qanca ko'p bo'sa wunca yaxwi bu serialli oylab ko'riwga tayyorman )) barbir sharqona urf-odatlaga yog'rilgan serialla bowqaca bo'ladide
Like | 0
siroj_1696 Ekkinch fasildi birdan quyamikan yoki birpas tuxtaydimi admin aka
Like | 0
aziz9209 200qism bo'sa yoshlar telekanalida 100 qism qilib namoyish etadimi
админha albatta, ammo 200 qism emas, undanda ziyod, chunki bu film haligacha hindistonda namoyish etilmoqda, aniq soni hozircha noma'lum.
Like | 0
$hahzoda Malumotlar uchun kotta rahmat!
Like | 0
sengaoshiqman56 sabrim chidamayab di qacgon yozasila
Like | 0
sengaoshiqman56 keyingi qismlarni yozila admin oldindan rahmat
Like | 0
7177-4422 Qashqirlar makoniga uxshab yarmi tarjima qilinib yarmi qopketmas a agar kino chuzip ketsa qashqirlar makoniga uxshab muxlislar etiboridan qolip ketmasa
админbiz ham shunga umid qilamiz.
Like | 0
Senga_Oshiqman Hali 60 ta bolmadiku endi 35 ta qism berdi yoki 60 tadan ziyodini tarjima qilishganman
админyo'q bizning Yoshlar teleradiokanalimiz hind serialini ikki qismini bir qism qilib bermoqda, shuning uchun siz 35 ta qism deb bilyapsiz, aslida haqiqiy qismlar 20 daqiqalik.
Like | 0
joshqin95 Ranvir bilan ishanini yoshini yilini qayerdan bilsam bo'ladi
админBiz bu haqida saytimizda aytib o'tgan edik, Bosh Qaxramonlar haqida: http://www.tarona.net/news/2015-06-01-4172 shu manilda!
Like | 0
Dragones 200 ta qism voy vo buncha ko'p 200 ta qismni hammasini qo'yarmikan Yoshlar Tvda. Yangilik uchun raxmat yangi Malumotlarni kutib qolamiz.
админHudo hohlasa Yoshlar teleradio kanali filmni to'liq tarjima qilib, namoyish etishni mo'ljallagan.
Like | 0
Spring Zo'rku xali ko'p bo'sa . O'ziyam xar kuni kutaman tugab qosa ertani kutish rosa qiyin bo'votti de. Hammasini bir kunda berib qo'ysa zo'r bo'lardi de. Ulaga omad tezro birga bo'lishsin. Shunaqa sevgi hayotdayam ko'p bo'sin iloyim. Raxmat ADMIN kottakon ma'lumotlar uchun yana qiziqarli xabarla kutib qolaman. Yana bir Marta raxmat. Taronaga gap yo...
Like | 0
sweety admin serialni voqealar rivojini yozin
админyozamiz hudo hohlasa....
Like | 0
Senga_Oshiqman Admin yoshlardan 60 qismgacha beradimi yoki 200 -qismgacha beradimi
админYoshlar kanalida 60tadan ziyod qismi bo'ldi, o'zi filmning qismlari 200 qismdan ziyod...
Like | 0
samirkhan kino nihoyatda zor lekin ishani chirak dep olvotgani menga yokmayatti
Like | 0
Don9498 Seiral ijodkorlariga omad yor b6lsin
Like | 0
Baxtiyor555 Haqiqatdan serial ajoyib bölyapti malumotlar uchun shu sayt ijodkorlariga rahmat ishlaringizga rivoj tilayman.
Like | 0
1-20 21-21
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное