Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman xind serial (Voqealar rivoji) (01.06.2015)

Saytimizning faol foydalanuvchilari talab va istaklariga binoan siz sevgan Senga Oshiqman xind serialining davomiy qismida qanday voqealar sodir bo'lishiga qiziqishingizni inobatga olib endilikda filmning keyingi qismlarida nimalar sodir bo'lishini faqat bizning saytimiz orqali yoritib boramiz. Bizni tarona.net saytimizni kuzatib boring va siz birinchilardan bo'lib bu filmning davomiy voqealaridan habardor bo'lasiz!


Filmning bugungi qismida: (01.06.2015)
Ishani va Chirak bugungi kechaga borishlari uchun taklifnoma olishadi.
Turmush o'rtog'i albatta borishimiz kerak deb takidlaydi. albatta u bu ishi bilan yirik kompaniya egasi kecha uyishtirayotgan yigit bilan yaqindan tanishib olishni ko'zlagan edi.
Ular kechaga borishadi, ammo kirish chog'ida ulardan taklifnomani sorashadi, Ishani esa o'z navbatida uni topolmaydi. Shunda ularni chiqarib yuborishmoqchi bo'lganda RB yordamchisi kelib "Ahr raxbarimiz aytdilarku Ishani xonim kelishi bilan uni darxol kirkizib yuboringlar deb" kabi so'zlar bilan hodimlarni urshib Ishani va Chirakni kirgizib yuborishadi. Bundan Chirak va Ishani hayratga tushishadi.
Ishani kirishi bilan o'tgan davri yoshligini, uyida dosti bilan o'ynab yurganlarini yod olib yeg'laydi. Uni Chirak o'vitib ko'z yoshlarini artib yeg'lamasligi, kuchli bo'lishini ayatadi, shu payt yuqoridan Kecha uyishtirayotgan RB chiqib ularni birga ko'radi va u ham ko'zlariga yosh oladi.
Ishani va CHirak gaplashib turishgan vaqt birdan Chirakning yana bir boshqa maxbubasi paydo boladi. U Ishaniga horijlik hamkorim shu yerda ekan, u bilan so'rashib kelay deb aytib aldaydi. So'ng o'sha qizni oldiga borib sorashadi. Buni ko'rib Ishani albatta qizg'anadi.  RB esa faqat Ishanini chetdan kuzatar edi, uni yoniga borishga urinardi, lekin botinolmasdi.
Albata tomoshabinlarga qiziq bo'lishi uchun uni to'liq korsatishmayotgan edi. Ammo RB saxna markaziga yurib chiqadi U Ishaniga juda yaqin turadi, albbata bu hammamiz taxmin qilgan o'sha Ishanilarning uyida hizmatkor bo'lib yurgan oshiq yigit edi. U chetdan kuzatib shunday deydi: "Biz yashashimiz uchun, nafas olishimiz kerak. Lekin mening hayotim boshlanganida nafasim go'yo to'xtab qolgandek edi, Meni nafas olishdan to'xtatgan, va yangi hayot bergan o'sha munis laxza hamon yodimda" deb yoshlik chog'ida Ishanini ilk bor ko'rgan paytlarni eslaydi. Ishani uni sevmasligidan siqiladi,  Ammo uning ko'zlarini unutolmayman, bugun men hamma narsaga qodirman, lekin hech narsa qilolmayan, chunki bugun bu ko'zlarda hattoki meni eslash hissi ham yo'q, ammo hatto bugun ham men uning bu ko'zlariga qarolmayman, Barcha mening hayotim shu ikki yil ichida juda keskin o'zgardi deb biladi, Lekin shu ikki yil davomida mening hayotim bir tupikka kirib qolgani faqat o'zimga ayon. Chunki men uchun eng qadirli deb bilgan inson, mening yonimda emas edi. Bugun u yana mening qarshimda va bugun mening hayotim yana qayta boshlandi.
Chirak esa boyagi maxbubasi bilan gaplasha turib, Ishanini yoniga keladi va unga Bitta viski va qiz uchun sharbat olib kerilib berishini iltimos qiladi. Uni hizmatkor o'rnida ko'rayotganini RANVIR korib turardi va g'azablanardi. Ishani esa hop deb bar yoniga boradi. U yerda esa odam juda kop edi. Rarvirni yuqoridan g'azab bilan qarashini ko'ryayotgan yordamchilari darrov buning sababi chunib Ishanini aloxida hurmat bilan barga olib borishadi. Ishani esa hayratga tushadi, nega ular unga bu qadar aloxida hurmatda ekanliklariga chunolmasdi.
Kecha davom etayotgan bir vaqtda RB ning yordamchisi saxnaga chiqib, RBni kutib olinglar deb RANVIR ni chorlaydi. Bacha RB ni ko'rish uchun kelgani bois hamma u tomon qaraydi. Ranvir esa saxnaga chiqishga shoshilmaydi. U yana Ishanini kuzatishda davom etadi. Yordachmisi kelib saxnaga chiqishini soraydi. RB esa ularga men kerak man, ular menga emas, Meni ko'rgani kelishgan bo'lsa kutishadi deb javob beradi.
Ishani mast bolib qolgan Chirakni olib kechada chiqib ketadi, Afsuski u va Ranvir ko'rishishmaydi. Ranvir ota onasini oldiga kirib endi bizni kun keldi, hozir hammasini hayotini o'zgartib yuborish meni qolimda, hammasidan birma-bir o'ch o'laman. Birinchi navbatda CHIRAK va uning oilasidan deb aytadi.


Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 43788 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 7| Рейтинг: Senga Oshiqman haqida, Senga Oshiqman
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
Zyzz1514 tarno.net ga gap yo  yes
Like | 0
Navruzbek0321 Kiyingi qismlari haqidagi ma'lumotlarni kutib qolamiz
админtayyorlanmoqda, ertaga chiqadi hudo hohlasa!!!
Like | 0
Don9498 Yangi sonlari bundada qiziqarli boliwini kutib qolamiz
Like | 0
Spring Da judayam zo'r kinode raxmat admin ma'lumotlar uchun.
Like | 0
dj_dance qanday tugarkin bu serial judaham qiziqib ketayapman
Like | 0
Azamat4846 Torisi manga xind filmlari umuman yoqmidi
Like | 0
navruz199 Yaxwiku wunaqa serial kinolardan kuproq bulsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное