Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SERIALLAR HAQIDA

"Sevgi iztirobi": Voqealar qanday rivojlanadi?

"Zo'r TV" telekanali orqali namoyish etilayotgan "Sevgi iztirobi" seriali ko'pchilik yurtdoshlarimizning ko'nglidan joy olishga ulgurdi. Shahar ko'chalarida yurganingizda odamlarning og'zidan "Nihon", "Kamol", "Amir" ismlari tushmayotganini guvohi bo'lishingiz mumkin. Tomoshabinlar orasida voqealar rivojiga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Siz ham "Serialning davomi qanday bo'lar ekan?", "Serialning oxirida nima bo'lar ekan?", "Nihon kim bilan qolar ekan?" degan savollar bilan qiziqayotgan bo'lsangiz quyidagi voqealarning qisqacha rivoji aynan siz uchun.

 

O'zan Zaynab bilan qochib ketmoqchi bo'lishadi? ammo ularni politsiya qo'lga olib, O'zanni qamoqqa olishadi. Nihon Kamol va Asuning unashtiruv marosimida xushidan ketib qoladi. Nihonning xomiladorligi ma'lum bo'ladi. Lekin doktor buni Nihondan yashiradi. Chunki buni Amir iltimos qilgan bo'ladi. Amir Nihonni uhlatib qo'yib, uning bolasini oldirib tashlamoqchi bo'ladi. Lekin so'nggi  daqiqada bu fikridan qaytadi. O'zan qamoqxonadaligida unga Amir va Zaynabning birga tushgan suratlarini yuborishadi. Bundan O'zan qattiq g'azabga tushadi va qasos olishga axd qiladi. Nihon xomilador ekanligini bilgach chuqur o'yga toladi. Bu xabarni Kamolga aytish yoki aytmasligini bilmay qoladi. Bu orada Kamol ham Amir va Zaynab o'rtasidagi munosabatlardan xabar topadi va Amirni o'ldirmoqchi bo'ladi. Amir esa Tufanga Kamolni o'ldirishini buyuradi. O'zan qamoqxonada zaharlanib kasalxonaga tushadi va u yerda o'z joniga qasd qiladi. Buni ko'rib otasining yuragi dosh berolmay, u ham hayotdan ko'z yumadi. Bundan keyin Zaynabning ahvoli qanday kechadi, Nihonning hayoti qanday o'zgaradi, Kamol Amirni yoki Amir Kamolni o'ldiradimi? Asu buyog'iga qanday yo'l tutadi? Bu savollarning barchasiga serialni kuzatib borsangiz javobini olasiz.  



Manba:tarona.net
Категория: SERIALLAR HAQIDA
Просмотров: 9102 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Amir, Kamol, Nihon, Sevgi Izirobi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Namozov_islom Кинони охири нима болиб тугайди ? Илтимос админ иложи болса.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное