Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Burak O‘zchivit o‘zbek teleekranlariga qaytmoqda: Choliqushi yangi talqinda 2018

O‘zbekistonda yana turk seriallari ommalashib boryapti. “Ichkarida”, “Istanbullik kelin”, “Ko‘sem”... Ta’bir joiz bo‘lsa, telekanallar turk serallarini tarjima qilib efirga uzatishda musobaqa o‘ynayapti. Bu borada hozircha ikki serial – “Ichkarida” va “Istanbullik kelin” bilan “Sevimli” telekanali peshqadamlik qilmoqda.

Aslida ma’lum taqiqlardan so‘ng, O‘zbekistonda turk seriallarini namoyish etishni “Zo‘r TV” telekanali “Sevgi iztirobi” seriali bilan boshlab bergan edi. Biroq, serial namoyishi uzoqqa bormadi. Undagi buzuq g‘oyalar sabab efirdan olib tashlandi.

Serial bosh qahramoni Burak O‘zchivit esa Turkiyadagi singari O‘zbekistonda ham misli ko‘rinmagan mashhurlikka erishdi. Burak yana o‘zbek teleekranlariga qaytmoqda, faqat “Choliqushi” bilan.

Rashod Nuri Gyuntekin asari asosida rejissyor Osman Seden tomonidan 1986 yilda yaratilgan “Choliqushi” serialini xalqimiz o‘zining milliy filmlaridek yaxshi ko‘radi. O‘sha davrlar bolalari uchun “Choliqushi” juda qadrdon xotira.

Ushbu serial 2013 yilda qaytadan suratga olindi. Unda Kamron rolini Burak O‘zchivit va Feride rolini Faxriya Evjan ijro etgan.

Mazkur serial tez orada “Milliy” telekanali orqali namoyish etilishi kutilmoqda.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 10605 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevgi Iztirobi, Choliqushi, Kamol, Burak O‘zchivit
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
slada Xa 1-raqamli zo`r tarbiyali serial. Xozirgi aktyorga muylov yarashmabdi  ch
Like | 0
boboqulova_nilufar Kòramiz endi bu filmni nima deb tanqid qilarkanla... Ongi past ninarmalniy tovuq miyalar...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное