Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

«Sevgimni uchratdim deganimda yo`qotishni istamayman...»




Kollejni tugatganimdan keyin oilaviy sharoitimiz tufayli bozorda savdo qila boshladim. Shu erda bir yigit bilan tanishib, uni yoqtirib qoldim. Bu haqda kim bilan gaplashishni bilmay turganimda, o`zi telefon raqamimni topib, qo`ng`iroq qildi. Bir necha oy davomida gaplashib yurdik. Uyimizga sovchilarini yuborish niyatida ekanligini aytganida, yuragim qinidan chiqib ketay dedi. Lekin bu haqda onamga aytsam, u kishi «Qizim, hali yoshsan, buning ustiga, biz hozir to`y qiladigan sharoitda emasmiz», dedi. Sovchilarga ham shu javobni aytib, rad etishdi. Ular «Rozilik berishmadimi, endi bu xonadonga qaytib qadam bosmaymiz», deb ketishibdi. Shundan keyin ko`ngil qo`ygan insonim bilan bir necha bor qo`ng`iroqlashdim. U nuqul ota-onamni ko`ndirishimni so`rardi. Oxirgi marta suhbatlashganimizda esa shu kunlarda onasining qistovi tufayli bir qiz bilan ko`rishganini, u yoqmaganligini aytgandi. Siqilib ketayapman, ota-onasi boshqa qizga uylantirib qo`yishidan xavotirdaman...

 Zarina, 17 yosh, Navoyi viloyati

Qaynonajon: — Agar yigit sizni sevsa, bir-ikki yil kutadi. Orziqib kutilgan yor qadrli-da baribir. Ota-onangiz juda to`g`ri fikr yuritishgan — siz hali yoshsiz. Ota-ona farzandining oilaga tayyor ekanligiga, ona bo`lish uchun ham ma`naviy, ham jismoniy jihatdan  etilganiga, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo`yib baxtiyor yashay olishiga ko`zi etsagina, turmushga uzatishadi. Axir jigarbandining to`y-tomoshasini ko`rib, quvonchlarga  to`lishni kim ham istamaydi, deysiz?! Har bir ishning vaqt-soati bor, bolajonim. Shoshilgan qiz erdan yolchimas, deydi xalqimiz. Turmush masalasida hech qachon shoshilmang, kattalar nima desalar, ularning maslahati va roziligi bilan qadam bosing, albatta, baxtli bo`lasiz. Aqlli, sabr-bardoshli, o`z haq-huquqi va qadr-qimmatini qadrlaydigan qiz bo`lishingizni tilab qolamiz.

Shahnoza XALILOVA, ruhshunos: —  Qiz bolaning ostonasini supurib kelgan ayollar bunday qo`pol so`zlarni aytishlari shu xonadon egalari va qizga nisbatan odobsizlik, nazarimda. Shundan keyin ham ular o`zi qanday insonlar ekan, degan savol sizni o`ylantirmadimi? Axir oila ikki insonning muhabbatidangina iborat emas. Ularning ota-onalari, qarindosh-urug`lari ham yoshlarning hayotiga o`z ta`sirini o`tkazishlari bor gap. Agar yigitning muhabbati shu kichik sinovdan o`ta olmagan ekan, turmushning ulkan qiyinchiliklari qarshisida qanday yo`l tutishini o`zingiz tasavvur qilib ko`rishingiz mumkin. Azmu qarorida qat`iy turmaydigan yigitdan yaxshi turmush o`rtoq chiqishi dargumon. Yigitni haddan tashqari ideallashtirib yubormaslikni maslahat beraman.



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 14499 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevgi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное