Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - True Love
. Qirolicha - Stakan Version
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Великолепный Век-Soundtreck 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shahar avtobuslariga o‘rnatilgan Wi-Fi yo‘lkiraga ta’sir qiladi?

"Toshshahartransxizmat" Aksionerlik kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida yo‘lovchilarga yuqori xizmat ko‘rsatish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilarini hayotga tatbiq etish maqsadida kuni kecha 14-yo‘nalishli avtobuslariga sinov tariqasida Wi-Fi tarmog‘i o‘rnatilgani haqidagi xabar oz vaqt ichida butun respublika bo‘ylab tarqalishga ulgurdi. Ijtimoiy tarmoqlar, xususan messenjerlarda “bu avtobusdaWi-Fi bor” deb qayd etilgan suratlar tarqaldi.

Kompaniya 4G LTE  zamonaviy texnologiyasiga asoslangan 2 mbit tezlikdagi internet xizmatini taqdim etishni rejalashtirgan. “Toshshahartransxizmat” Aksionerlik kompaniyasi Axborot Kommunikatsiya Texnologiyalarini joriy etish bo‘limi bosh mutaxassisi O‘tkir Ayupovning ma’lum qilishicha , avtobuslarda o‘rnatilgan bepul internet tarmog‘i yo‘l haqining oshishiga ta’sir qilmaydi. Avtobuslarga Wi-Fi tarmog‘i aholi va shahar mehmonlariga qulayliklar yaratish hamda sifatli hizmat ko‘rsatish maqsadida o‘rnatilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” AK rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Wi-Fi hozirda faqatgina 14-yo‘nalishli avtobuslariga sinov tariqasida o‘rnatilgan bo‘lib, yaqin kunlarda 51 va 28-yo‘nalishli avtobuslarda ham Wi-Fi tizimi ishga tushadi. Internet qulayliklariga ega bo‘lgan barcha avtobuslarga maxsus ma’lumotnoma yopishtiriladi va undan foydalanish mutlaqo bepul.
 
“Toshshahartransxizmat” AK yil davomida internet tarmoqlari bilan shaxardagi aksariyat yo‘nalish avtobuslarini jihozlashni rejalashtirgan. 
Yodgor Abdullo


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3666 | Рейтинг: 0| Рейтинг: wi-fi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное