Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Wi-Fi o‘rnini optikaga asoslangan texnologiya bilan bosishmoqchi

Facebook kompaniyasi optikaga asoslangan texnologiyani ishlab chiqdi, u Wi-Fi orqali ma’lumotlar uzatish o‘rnini bosa olishi mumkin, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Yaratuvchilar so‘zlariga ko‘ra, u tezroq ishlaydi hamda qabul qiluvchi va tarqatuvchi uskunalar bevosita ko‘rinib turmasa ham, ma’lumotlarni uzatadi.
Konsentratorni yaratishda fluoressent (nurlatilganda yaltirab ko‘rinadigan) optik tolalar qo‘llanilgan. Ular bitta rangdagi tolalarni yutib, boshqa rangdagi tolalarni chiqaradi. Tolalar katta maydondagi yorug‘lik nurlarini yig‘ib, ularni turli yo‘nalishlardan yutadi hamda ixcham va tezkor fotodetektorga jo‘natadi, bunda to‘lqinlarning rangi turlicha bo‘lgani tufayli signal kuchayadi.
Wi-Fi nuqta analogi konsentrator (kichik nurli antenna) hamda Wi-Fi-tarmoqlar va raqamli televideniyeda qo‘llaniladigan kodirovka tizimidan foydalanadi. Qurilma jilolanib turadigan ko‘p sonli tolalardan tashkil topgan va yorug‘lik bilan oddiy radioto‘lqinlar kabi aloqada bo‘ladi.
Tizim prototipi ma’lumotlarni soniyasiga 2 gigabitgacha tezlikda qabul qilish va uzatish imkoniyatiga ega.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4123 | Рейтинг: 0| Рейтинг: facebook, wi-fi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное