Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda Matchonovaning Orzusi Ushaldi

Bu haqda Shahzoda o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Roppa-rosa ikki yil avval men ilk bor Berlinga keldim. O‘sha paytlarda butun shahar bo‘ylab bo‘lg‘usi “Berlinale” festivalining reklama bannerlari ilingandi, ularga qarab, men kun kelib ushbu festivalga ishtirokchi sifatida kelishni orzu qilgandim. Mana endi shu yerdaman! Ha, bizning “Suv parisi uchun uy” filmimiz tanlovga kirmadi, nominatsiya ham olmadi, u kinoprokatchi-distribyutorlar uchun namoyish etildi. Ammo namoyish mazkur festival doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu bilan aytmoqchi bo‘lganim doim yaxshilikka ishoning! Orzularga ishoning! Ular ro‘yobga chiqish xususiyatiga ega! Bu tekshirilgan va isbotlangan haqiqat. Ikki yil oldin qilgan niyatim amalga oshdi. Barcha orzularingiz amalga oshsin! Men film taqdimotidaman. Darvoqe, o‘zbek libosi barcha yevropaliklarning ko‘zlarini qamashtirdi, hatto biroz hijolat ham bo‘ldim!”
Bir necha kun avval aktrisa “Instagram”dagi sahifasiga rejissyor Yolqin To‘ychiev bilan tushgan suratini joylaganiga qaraganda, festivalda ular birgalikda ishtirok etishgan. Nima ham derdik, biz ham “Darakchi” tahririyati nomidan o‘zbek kinoijodkorlariga mana shunday nufuzli festivallarda nafaqat ishtirokchi bo‘lishlarini, balki g‘alaba qozonishlarini tilab qolamiz!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9801 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shahzoda Matchonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
NuR_KR Omad
Like | 0
pakon Shaxzoda Matchanovaning filmlari zor, ona yurti qoraqalpoq xalqidan yani Nukusdan salom deb qolaman.
Like | 0
isaa En' chiroyli aktrisalardan biri, gap yo
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное