Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda Muhammedova do‘kon va tikuv sexi ochib, 20ga yaqin xotin-qizlarni ishli qildi

Bugun mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohada yoshlarning faolligini oshirish, ularning biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
 
Shahzoda Muhammedovani ko‘pchilik kino ixlosmandlari nafaqat aktrisa, balki qo‘li gul tikuvchi, dizayner sifatida yaxshi biladi. Qo‘liga tushgan bir parcha qog‘ozga dunyo go‘zalligini tasvirlay oladigan aktrisa tikkan liboslar o‘tgan yillarda tilga tushib, o‘zbek qizlari egnida yal-yal tovlandi.

Bundan biroz avval, aktrisa Shahzoda Muhammedova bugun yoshlarga qaratilgan yuksak e’tibordan foydalangan holda o‘zi tikkan ayollar liboslari do‘koni va tikuvchilik sexini tashkil qilayotgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 8 may kuni mazkur liboslar do‘koni va tikuv sexining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida joylashgan do‘kon atrofi soat 18:00 da mehmonlar bilan gavjum edi. Do‘konni aktrisaning yaqin do‘sti va ijodiy hamkorlaridan biri “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva ochib berib, aktrisa Shahzoda Muhammedovaning qobiliyati, tinib-tinchimasligi va ushlagan yerini kesishi, o‘zbek qizlari bugun har sohada dunyo yoshlarini lol qoldirayotganini alohida e’tirof etdi.


Marosimga Shahzodani qutlash maqsadida aktyorlar Alisher Uzoqov, Dilshodbek Kattabekov, Halima Ibragimova, Muqaddas Sa’dullayeva, xonandalar Umar Shamsiev, Oybek va Nigora, Umidaxon, Iroda Iraliyev, shoir Ahad Qayum tashrif buyurdi. Ular orasida ayni kunlarda Shahzodaning atrofida ko‘p ko‘rinayotgan va kuyovlikka da’vogarlik qilayotgan Azamat Ahrorovga ham ko‘zimiz tushdi.
Bugungacha ko‘plab tanlov va festivallarda o‘zi tikkan liboslar bilan ishtirok etgan Shahzoda Muhammedova endi milliy matolardan foydalangan holda ayollar poyafzallarini ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.

Yosh aktrisa-tadbirkor Shahzoda Muhammedova yangi do‘kon va tikuv sexida yigirmaga yaqin xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi.
Fotomuxbir G‘afur Rasulov
"Ko'zgu" studiyasi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9560 | Рейтинг: 2| Рейтинг: do‘kon, Shahzoda Muhammedova, tikuv
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное