Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda Muhammedovani savodsizlikda ayblashdi

Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning o‘zi tikkan liboslar do‘konini ochayotgani haqida xabar bergan edik. Kun ora ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga do‘konining suratlarini joylab borayotgan Shahzodani muxlislar savodsizlikda ayblashdi.
 
Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini “Shaxzoda_Muxammedova” deb xato nomlagan edi. Aslida esa “Shahzoda_Muhammedova” bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, ijtimoiy tarmoqlardagi bu holat aktrisani ayblashga va e’tibor qilishga arzimas. Lekin Shahzoda Muhammedova do‘koni peshtoqiga o‘z ismini noto‘g‘ri yozdirishini nima bilan oqlab bo‘ladi? Do‘kon kiraverisha katta qilib “Shaxzoda” deb yozilgani tasvirlangan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tinimsiz joylab borayotgan aktrisani internet foydalanuvchilari savodsizlikni targ‘ib qilishda ayblab, mashhur inson bo‘la turib bu xatti-harakati bilan o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmatsizligini ifoda etayotganini aytishmoqda.

Bir paytlar aktrisa Shahzoda Muhammedovaga “Ismingizni nega xato bilan yozasiz”, deb savol berganimizda, “Menga shunisi yoqadi”, deb javob qaytargandi. Nahot, u bunday xatolarni nazorat qiluvchi tashkilotlarga ham yuqoridagi kabi “jo‘yali” javob qaytargan bo‘lsa... Mutasaddi tashkilotlar, xususan, hokimliklar bunday holatlarga qachongacha panja ortidan qaraydi. Buyuk adib, ma’rifatparvar Abdulla Qahhor “Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga milisiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?”, degan edi. Bu so‘zlar mana necha yillar o‘tsa ham o‘z zalvorini yo‘qotmayotgandek. San’at ahli har bir xatti-harakati bilan odamlarga o‘rnak ekan, bas shunga yarasha ish qilgani ma’qul. Shahzoda Muhammedova bu so‘zlardan tegishli xulosa chiqaradi, deb umid qilamiz.  


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 14352 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shahzoda Muhammedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
DJ_Jasur Manimcha hamma òz hohshiga qarab ish qiladi Shahzodani ham yoqtirgan ishini qilishga haqqi borku unga shunaqasi yoqsa nma ishlari bor odamlarni
Like | 0
gambit_7_92 Aaa endi boy bugandan keyin xarflaniyam xolaganica iwlaturadida
Like | 0
bilol347 Intagramdegi Aktrisala sal xayoli bop tuwila fotkaga yaniy ispalnida yotganla uzligi biladi
Like | 0
bilol347 Gap bu qatiq x yumwoq h da mass gap uni sanata xayota bogan xayosi ibosida gap bula zur aktrisala... Anu yengi chiqvotkan aktrisala bor ismini etiwiyam keregi yuu ana owalani gapriw kere mana man kordim owalani bitasini Instagramda yuripti owa dura ispalniga yotvolip tuwgan xarxil istilda bu nimasi dip sokdim...
opala okala owanaqa yengi chiqvotkan aktrisalarni sokila ana owalani aybini topila
BOTA QATIQ X BOP QOPTI YUMWO H BOLIW KERE DIMIY ANA OWA SAVOLI BERGANLA UZINGA MUNDO OLDIN MUNDO UZINGA QARA AXVOLINGA BURUNI XATOSINI TOPGUNCHA
Like | 0
shuxratuz Kechirasila bitta xarfda adashsa savodsizliga chiqadimi. Manimchali xozirgi kunda xamma "x" bn "h" ni farqlashomidi. Shahzodaga nisbatan noxaqsizli qivosilla. <_<
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное