Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda Muhammedovaning liboslari pastdan tepaga qisqaryapti

Aktrisa Shahzoda Muhammedova shu bugungacha egnidagi liboslari bilan muxlislarida ijobiy taassurot uyg‘otib kelayotgan edi. So‘nggi vaqtlarda aktrisaning ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylashtirayotgan suratlari odamlarning tanqidiga sabab bo‘lmoqda.
 
Gap shundaki, avvalari Shahzodani milliy matolardan tikilgan yoki sharq ayollariga xos yopiqroq liboslarda ko‘rib o‘rgangan muxlislari uning ochiq-sochiq kiyimlardagi suratlarini o‘chirib tashlashini iltimos qilishmoqda. So‘nggi vaqtlarda liboslari pastdan tepaga qisqarib borayotgan aktrisa Shahzoda Muhammedova Lola Yo‘ldosheva yoki boshqa san’atkorlardan o‘rnak oldi chog‘i, bu gaplarga parvo qilayotgani yo‘q. Shahzodaning liboslari sabab Instagram orqali uni kuzatib borayotgan foydalanuvchilar o‘rtasida janjal kelib chiqyapti. Kimdir Shahzodaning yonini olib, qanday kiyinish aktrisaning shaxsiy ishi ekanini aytsa, yana kimdir Shahzodadan ko‘ngli qolganini yozmoqda.

Biz muxlislar tomonidan qoldirilgan izohlarni sinchkovlik bilan kuzatdik. Shahzoda Muhammedova tanqidlarga birma-bir javob qaytarmadi. Aksincha navbatdagi suratini tanqid qilgan muxlislariga atadi va ularga quyidagilarni yozib qoldirdi.
 
“Hasadgo‘y insonlar tanqid, g‘iybat qilib rohatlansa, men uxlamay, ishlab ijod qilib, go‘zallik yaratib rohatlanaman”.
 
Qiziq, Shahzodani nima jin urdi. U kuyunchak, rostini aytadigan muxlislarining gapiga quloq solib, tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqarish o‘rniga ularni koyib berishi, adolatdanmi? Aktrisa kimligi, qaysi kasb egasiyu bugun dunyoda qaysi moda hukm surayotganidan qat’i nazar o‘zbek qizi ekanini unutmasa va ayni damda boshqalar ham undan o‘rnak olishi mumkinligini tushunsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 14945 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahzoda Muhammedova, Shaxzoda Muhammedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное