Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Shaxzoda Muhammedova o‘zi rol ijro etgan filmlarni multfilmga qiyosladi...mi?

Aktrisa Shahzoda Muhammedova yana e’tibor markazida. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga “E’tirof” mukofoti haqida yozib qoldirgan fikrlari muhokamalarga sabab bo‘lyapti.
O‘zbek kinosining ko‘zga ko‘ringan aktrisalaridan biri Shahzoda Muhammedova shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda har qachongidan faol. Yaqindagina uning nomi bilan  ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochganlarga qat’iy chora ko‘rmoqchiligi haqida xabar qilgan edik. 17 dekabr kuni aktrisaning Instagram’ga joylagan navbatdagi surati va unga qoldirgan izohi ham   muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xullas, Shahzoda Muhammedova yana e’tibor markazida.

“E’tirof” taqdirlash marosimida “Yilning eng yaxshi multqahramonlari” nominatsiyasida biz bor ekanmiz”, - deya gap boshlagan Muhammedova o‘zi tuzgan ro‘yxatni ham havola etdi.

“1. Muqaddas Sa’dullayeva
2. Sitora Alimjonova
3. Nargiza Salmonova
4. Luiza Rasulova
5. Shahzoda Muhammedova
Ovoz bering eng yaxshi multfilmda rol ijro etgan aktrisaga. Rahmat “Yil aktrisasi”ga qo‘yishmasa ham hech bo‘lmasashu nominatsiyaga loyiq deb qo‘yishibdi. Rahmat e’tibor uchun! Endi filmlarda emas, multfilmlarda rol ijro etamiz, chunki aynan shu nominatsiyaga qo‘yishdi”, - deb fikrlarini yakunlar ekan, bu gaplari hazil ekanini aytishni ham unutmadi.

Har qanday hazil ortida, haqiqat bor deganlaridek Muhammedovaning yuqoridagi kinoyalari ortida ham Shahzodaning o‘zigagina ayon bo‘lgan haqiqat yotgan bo‘lsa ajab emas. Kuzatuvlarimizdan ayonki, aktrisa Shahzoda Muhammedova biror masalaga o‘z-o‘zidan e’tibor qaratib, vaqt sarflaydigan, shunchaki hazillashadiganlar toifasidan emas. Balki haqiqatdan ham “E’tirof-2015” nomzodlar ro‘yxatida uning nomini ko‘rmasmiz. 

Masalaning yana bir jihati bor. Muhammedova tanqidiy fikrlari orqali o‘zi rol ijro etgan filmlarni multfilmga qiyos etmayaptimikin? Bu savollarning barchasiga tez orada aktrisa bilan saytimiz uchun bo‘lib o‘tadigan intervyuda javob topasiz. 
Qamariddin Shayxov


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 8833 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: E’tirof, Shaxzoda Muhammedova, Multfilm
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Sadiya Ensami qotirib o'zini kim dp o'ylidi bu... Odamlani etiborini tortishi bu tarapiga o'tiptimi endi... Etirofga nomzodi qoyilmagan bosa znachit shunga munosib korilmagandur... G'alatirode shu qiz...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное